Yevropa çempionatining törtinçi kungi bahslari doirasida D guruhi vakillari Ispaniya va Çexiya özaro bahs yuritişadi. Tuluza şahrida Toşkent vaqti bilan soat 18:00da boşlanadigan bu uçraşuvga polşalik Şimon Marçinyak boş hakam etib tayinlangan.
Ispaniya jamoalari keyingi 3 yil davomida Yevropada "hukmronlik qilişmoqda". Barça kuboklar Ispaniyaga yöl olmoqda. Lekin bu Ispaniya terma jamoasiga naf keltirmayapti. Mavsumda horigan futbolçilar turnirga yetarli darajadagi jismoniy tayyorgarlik bilan yetib kela olişmayapti. Qolaversa tarkibdagi hujumçilarning yoşi ötib bormoqda. Inesta, Aduris va Bruno Soriano 30dan oşgan. Nolito 30 yoş arafasida. "Qizil furiya" tarkibidagi asosiy futbolçilardan yana biri Sesk Fabregas ham yakunlangan mavsumda "Çelsi"da öta yomon öyin körsatdi.
Çexlar bu uçraşuv arafasida favorit sanalmayotgan bölsada, ular saralaş bosqiçida hollandlarni ortda qoldirişdi. Jamoa keyingi vaqtlarda muntazam ravişda Yevropa çempionatining iştirokçisi hisoblanadi va ular bu safar ham guruhdan çiqiş uçun kuraş olib boradi. Pavel Vrba şogirdlari ispanlarga qarşi öyinda oçko olişga harakat qilişadi.
Çexlarning himoyasida tajribali Sivok, Kadlets, Limberski va 24 yoşli Kaderjabek örin olgan. Yarim himoyada esa stopper Pavelki va mehnatkaş Darida harakatlanadi. Şuningdek, sardor Tomaş Rositski va "Sparta" yulduzi Ladislav Kreyçi öyin körsatadi. Çap qanotda Gebre Selassiye, öng qanotda Doçkal yoki Şural öynaşi mumkin. Hujumda Netsid.
Visente Del Boske, Ispaniya terma jamoasi boş murabbiyi:
- Boşlanğiç tarkibda kimlar tuşişi muhim ahamiyatga ega. Mas'uliyat katta. Çexlar tarkibida iste'dodli futbolçilar jamlangan. Ular standart vaziyatlardan samarali foydalana olişadi.
Öylaymanki, futbolçilar ötgan oğir mavsumdan keyin ham yuqori sport formasini saqlab qolgan.
Pavel Vrba, Çexiya terma jamoasi boş murabbiyi:
Muvaffaqiyatga erişiş uçun biz töğri harakatlanişimiz kerak. Axir bizni turnir favoritlaridan biriga qarşi öyin kutmoqda. Ularning har bir çiziğida dunyo darajasidagi futbolçilar töp suradi. Oldinda bizni qiyin sinov kutmoqda. Lekin men öylaymanki, biz ularni hayron qoldira olamiz.
Biz Tomaş Rositskining maydonda erkin harakatlanişiga qöyib beramiz. U ijodkor futbolçi.
Diskvalifikatsiyasi bor Marek Suxidan boşqa barça futbolçilar öyinga tuşişga tayyor.







