Hindiston boş vaziri Narendra Modi 23-24 iyun kunlari Özbekistonda bölib ötadigan Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) sammitiga taşrif buyuradi. Bu haqida RIA "Novosti"ga Nyu-Delidagi diplomatik manba xabar bergan.
"Biz boş vazir Modining sammitda qatnaşişini tasdiqlovçi rasmiy ma'lumot oldik", - deya ma'lum qildi agentlik manbasi.
Sammitda Hindiston va Pokistonning taşkilotga qöşilişiga doir majburiyatlar memorandumi imzolanişi kutilmoqda.
ŞHTga Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston a'zo. Belarus, Möğuliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afğoniston kuzatuvçi maqomiga ega. 2015 yilning iyulida ŞHTda taşkilotga Hindiston va Pokistonni qabul qiliş tartibi boşlangan.







