Bugun E guruhi vakillari ham Yevropa çempionatidagi iştirokni boşlaydi. Toşkent vaqti bilan soat 21:00da Parij şahridagi «Stad de Frans» öyingohida Irlandiya va Şvetsiya örtasidagi uçraşuv boşlanadi. Öyin hakami serbiyalik Milorad Majiç.
Irlandiya 4 yil oldin Polşa va Ukraina maydonlarida ötgan Yevropa çempionatida ham iştirok etgandi, ammo öşanda jamoaga yetakçilar yetişmagandi. Bu safar Martin O ’ Nil şogirdlari ham guruh autsayderi sifatida qaralayotgan bölsada, ular guruhdan çiqişni niyat qilişgan.
Şvetsiya ham Irlandiya kabi saralaş bahslarida guruhda uçinçi örinni egallab, ötiş öyinlarida iştirok etiş orqali turnirga yöllanma olgan. Fransiyaga yöl qiyin keçgan bölsada, Erik Hamren şogirdlari jangovar ruhda turnirga kelgan. Terma jamoaga minimal vazifa sifatida guruhdan çiqiş topşirilgan, bugungi öyinda Zlatan Ibrahimoviç va uning jamoadoşlari yaqqol favorit.
Turnir arafasida irlandiyaliklar Belarus bilan örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşdi va mağlub böldi. Şvetsiya esa Uelsni 3:0 hisobida mağlubiyatga uçratdi.
Saralaş öyinlari vaqtida Irlandiya terma jamoasining asosiy hujumçisi Jonatan Uolters böldi. Martin ÖNil bugun hujumda Uolters va Longni öynatişi kutilmoqda.
Şvetsiya hujumida esa Zlatan Ibrahimoviç harakat qiladi. Öz faoliyatida törtinçi bor Yevropa çempionatida iştirok etayotgan bu futbolçi bugun gol uriş orqali ketma-ket 4ta Yevropa çempionatida gol urgan ilk futbolçiga aylanişi mumkin. U 2004 yili Bolgariya va Italiya terma jamoalari darvozasini işğol qilgan, 2008 yili Avstriya va Şveytsariya maydonlarida keçgan turnirda Gretsiya va Ispaniyaga gol urgan, 2012 yilgi turnirda esa Ukraina hamda Fransiya darvozalariga töp kiritgan. Ibrahimoviçdan taşqari Kriştianu Ronaldu ham qatorasiga törtinçi marta Yevropa çempionatiga kelgan, lekin Ibrahimoviç portugaliyalik futbolçidan bir kun oldin maydonga tuşadi va natijaga oldinroq erişişi mumkin.
Terma jamoalar şu vaqtgaça jami 12ta uçraşuv ötkazgan. Şundan 3tasida irlandiyaliklar, 7tasida şvedlar ğalaba qilgan, 2ta durang qayd etilgan. Töplar nisbati 18:13, şvedlar foydasiga.
Bugun maydonga tuşişi mumkin bölgan taxminiy tarkiblar:
Irlandiya:

Şvetsiya:








