2016 yil yanvar-may oylarida Qirğiziston respublikasi YaIM ötgan yilning şu davriga nisbatan 4 foizga pasayib, 139 mlrd somni taşkil etgan, deb xabar qilmoqda Kirtag agentligi statistik ma'lumotlarni tarqatiş va hisobot işlari bölimi boşliği Çinara Turduboyeva bayonotiga asoslangan holda.
Uning qayd etişiça, yalpi içki mahsulot hajmining kamayişiga sanoat va transport sohasidagi pasayişlar salbiy ta'sir etgan.
««Kumtor» konini özlaştiriş işlarini hisoblamaganda, YaIM hajmi şu yilning beş oyi davomida 130 mlrd somdan köp bölgan va ötgan yilning şu davriga nisbatan 0,5 foizga ösgan», – deb aniqlik kiritgan Ç.Turduboyeva.







