Italiyaning sobiq boş vaziri Silvio Berluskonining yurak sohasidagi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi. 

"Jarrohlik amaliyoti yakunlandi. Hammasi yaxşi", - deyiladi "Italiya, olğa!" partiyasi manbasining agentlikka bergan ma'lumotida. 

79 yoşli Italiya sobiq boş vaziri 7 iyun kuni yurak sohasidagi muammolar tufayli şifoxonaga yotqizilgandi. U operatsiyadan avval özini xotirjam his qilayotgani va barça umidi Xudodan ekanligini ma'lum qilgandi.