Egizak opa-singil Eşli va Meri-Keyt Olsen özlarining birinçi kinosinovlaridan 6 oylik davrlarida ötganlar va keyin 8 mavsum davomida "Töla uy" komedik serialida yolğiz otaning kenja qizi Mişel Tanner rolini ijro etişgan. Prodyuserlar bu ayyorlikka baloğatga yetmaganlar mehnati haqidagi qonunni çetlab ötiş uçun borişgan, biroq opa-singillar uçun bu juda qöl kelgan.
Ular bu rollari uçun yoş artistlarga beriladigan mukofot Young Artist Awards’ni 3 marta qölga kiritişgan. Ular şou yakunlangandan keyin özlarining agentliklarini taşkil etişgan (şu tariqa tarixdagi eng yoş prodyuserlar bölişgan), öz brendlarini ommalaştirib, yoşlar örtasida ommalaşgan bir neçta filmlarda suratga tuşib, yoşlar örtasida öziga xos uslub yaratişgan.

Qizlar 2002 yilda 17 yoşlarida birinçi marotaba eng boy maşhurlarning yuztaligiga kirişgan, 5 yildan keyin esa 100 mln dollarlik davlat bilan uşbu röyxatning 11-poğonasini egallaşgan.
Opa-singil 2004 yildan birgalikda suratga tuşmay qöyişgan, ularning yakka tarzdagi faoliyatlari esa muvaffaqiyatli bölmagan.
Hozirda ularning asosiy maşğulotlari moda bölib qolmoqda va gap "Töla uy" serialining davomini oliş haqida ketganda ular bandliklari sababli serialdagi rollariga qaytişni rad etişgan.

Serial prodyuserlari serialning davomi – "Yanada töla uy"ning birinçi mavsumida (2016 yil boşida çiqqan) yana ayyorlikka borişdi: qizlarning qahramoni ança uzoqda yaşagani sababli kadrda paydo bölmaydi. Opa-singil bilan muzokaralar olib borilmoqda va serial mualliflari egizaklardan biri serialda qatnaşişga rozi bölişiga umid qilişmoqda.







