Xalqaro dasturçilar konferensiyasi (WWDC 2016)da Apple kompaniyasi iOS operatsion tizimining yangi versiyasini namoyiş qildi.

Undagi asosiy özgarişlarni bildirişnomalar va ekranni bloklaş tizimida uçratiş mumkin. iOS 10 operatsion tizimida iPhone foydalanuvçilari smartfon displeyini qulfdan çiqarmay turib, bildirişnomalarni öqiy olişlari mumkin böladi.

Şuningdek, ekran blokirovkasi va bildirişnomalar markazida 3D Touch funksiyasidan foydalanib, kontekst menyusini oçiş mumkin.

Yana bir özgariş esa Siri — ovozli yordamçisi bilan boğliq. Bundan buyon Siri'ni rivojlantiriş işlarida Apple xodimi bölmagan dasturçilar ham qatnaşişi mumkin.

iPhone'dan Apple dasturlarini öçiriş imkoniyati ham iOS 10'dan boşlab foydalanişga topşiriladi. Apple dasturlarining barçasi AppStore'ga çiqarilgan va zarur bölsa, ularni yana smartfonga örnatib oliş mumkin.

Bu qiziq va zarur imkoniyatlardan biri deyiş mumkin. Çunki yangi iPhone harid qilinganda, unda bir neçta Apple dasturlari avvaldan örnatilgan böladi va ularni iOS 10'gaça smartfon xotirasidan öçiriş imkoniyati mavjud emasdi.

Ta'kidlab ötiş joiz, Android foydalanuvçilari uçun bu imkoniyat hali ham taqdim etilmagan.

«Foto» dasturida esa aqlli algoritm paydo bölgan. U bir neçta suratlarni bitta papkaga jamlay oladi.

Dasturçilarga nafaqat Siri, şuningdek, «Xaritalar» dasturi bilan işlaş imkoniyati taqdim etildi. Bundan taşqari «Musiqalar» dasturi bilan birgalikda iTunes töliq yangi dizaynda paydo böladi.

iOS 10'ning dasturçilar uçun möljallangan versiyasi bugunoq topşiriladi. Beta sinovdan ötkaziş esa iyulda boşlanadi. Töliq iOS 10 operatsion tizimi esa 2016 yilning kuzida barça uçun foydalanişga topşiriladi.

Eslatib ötamiz, Apple şu konferensiyada Mac kompyuterlari uçun operatsion tizim nomini macOS'ga özgartirdi va uning yangi versiyasi — Sierra'ni