Ispaniya terma jamoasi Yevro-2016 doirasida Çexiya termasi bilan keçgan bahsda mayda hisobda bölsada, ğalaba qozondi – 1:0.
Ispaniya termasi Yevropa çempionatining qatorasiga oltinçi uçraşuvida gol ötkazib yubormayapti. U bu borada rekord qayd etdi. Uning gol ötkazib yubormagan uçraşuvlari vaqti 599 daqiqaga yetdi. Sönggi bor jamoa 2012 yilda ötgan Yevropa çempionatida 10 iyun kuni Italiyaga qarşi keçgan uçraşuvda gol ötkazib yuborişgan edi. (1:1).
Yevro final bosqiçlarida “quruq” öyinlar ötgazgan termalarga Italiya (17), undan keyin esa Germaniya va Niderlandiya (15) kiradi. Ispaniyada bu borada 13 ta öyin bor.
Manba: Tribuna.UZ







