Ötgan yilning oxirida Samsung kompaniyasi qaçonlardir maşhur bölgan "taxtlama" şaklidagi W2016 smartfonini taqdim etgan edi. Qurilma faqat Xitoyda sotilgan va uning narxi ikkita Galaxy S6 smartfoni bahosiga teng bölgan. Bu turdagi qurilmalar öz muxlislariga ega bölgani bois işlab çiqaruvçilar yangi SM-2017 "taxtlama"si ustida işlaşmoqda. Kompaniyaning özida qurilma Veyron kodli nomi ostida yuritiladi. Şunisi qiziqki, uning qurilma ta'minoti flagmança böladi.
Ma'lumotlarga köra, Samsung SM-2017 sakkiz yadroli Exynos 8890 protsessori hamda Galaxy S7 kabi 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli frontal kameraga ega böladi. Smartfonning ikkita displeyi böladi: taşqi va içki, ularning har biri 3,9 dyuymdan iborat bölib, maxsus Super AMOLED texnologiyasi asosida işlab çiqariladi.
Samsung SM-2017 yangi qurilmasi joriy yilning yakuniga yaqin faqat Xitoy bozorida sotuvga çiqişi kutilmoqda.







