Bu yil Samsung kompaniyasi işlab çiqaradigan Galaxy Note qurilmalari muxlislarini bir neça quvonçli xabarlar kutmoqda. Birinçidan, yangi flagman smartpedi, aytişlariga qaraganda u Galaxy Note 7 deb nomlanadi. Kompaniya Galaxy Note 6 qurilmasidan xatlab ötişga qaror qildi. Ikkinçidan, bu yil faqat birgina Galaxy Note 7 çiqariladi, şu bois foydalanuvçilar ötgan yildagidek Galaxy S7 Edge Plus'ni kutmasliklari kerak. Bu xabarni anonim manbadan kelgan yangi tasvir ham tasdiqlaydi, unda botiq displey va stilusli qurilma aks etgan.
Ehtimol, Samsung S-Pen stilusining uçlari qayrilgan displey bilan uyğunlaşuvi uçun yangi funksiyalarni e'lon qilar. Eslatib ötamiz, bunga qadar Galaxy liniyasidagi smartfonlar an'anaviy tarzda yassi ekranlar bilan ta'minlangan bölardi.
Samsung Galaxy Note 7 qurilmasi 2560x1440 pikselli 5,8 dyuymli Super AMOLED-displeyi, tört yadroli Snapdragon 823 protsessori, 6 Gb operativ xotira va Galaxy S7 kabi f/1,7 diafragmali 12 megapikselli asosiy kameraga ega bölişi kutilmoqda.







