Siz hanuz gadjyetlaringizni töliq quvvatsizlantirib, keyin zaryadlaşga qöyasizmi? Bu nafaqat befoyda, balki zararlidir. Agarda siz oçilgan dasturlarni smartfon yanada tezroq işlab qoladi, degan maqsadda yopib çiqsangiz, yodda tuting: siz faqat ziyon iş qilasiz.
Şunday qilib, biz bu maqolada eng keng tarqalgan zamonaviy smartfonlar haqidagi çöpçaklarni taqdim etamiz.
1. Zaryadlaşdan oldin batareyani töliq quvvatsizlantiriş kerak
Bu temir-nikelli va nikel-metalldridli akkumulyatorlar davrida dolzarb edi. Ularni sotib olgaç, avvaliga töliq zaryadlaş talab qilinar edi. Aks holda, ularda telefon işlayotgan mahal siğimni kamaytiruvçi kimyoviy özgarişlar paydo bölardi.
Zamonaviy litiy-ionli akkumulyatorlarda «xotira» effekti yöq. Bundan taşqari, litiy-ionli akkumulyatorlarni tez-tez zaryadlaş va quvvatning butunlay tugab qolişiga yöl qöymaslik kerak. Şundagina ular tez va köproq işlaydi. Litiy-ionli batareyalarni 50 foizdan tuşirmagan holda quvvatlab yuriş maqsadga muvofiqdir.
2. Hozir antiviruslarni smartfonlarga ham qöysa böladi
Android tizimi asosida Linux yadrosi bölib, u kiriş huquqini nazorat qilişga va uni töğri işlaşiga javob beradi. U «qumdon» (sandbox) deb ataladi: har bir dasturning öz identifikatori hamda xotira katalogi mavjud. Şu sababli undagi ma'lumotlar boşqa dasturlarda himoyalangan böladi. Bu tizim har bir dasturning ma'lumotlarini hujumlardan saqlaşga yordam beradi. Android-qurilmaga örnatilgan har qanday dasturning öz «qumdon»i bor bölib, agar virus tuşib qolsa, u faqat SD kartadagi ma'lumotlarga kira oladi.
Şunday ekan, antiviruslarni örnatişning keragi yöq. Muammolardan xalos bölişning eng oson yöli — begona ilovalarni köçirib oliş kerak emas, eng yaxşisi Google Play özidan dasturlarini yuklagan ma'qul. Dasturlarni saralaş çoğida Google köp hollarda ziyon keltiruvçi dasturiy ta'minotlarni rad etadi. Şuning uçun viruslarga duç keliş xavfi kamroqdir.
3. Vazifalar menejyeridagi yopiq dasturlar smartfonning işlaş tezligini oşiradi
Uzoq yillar davomida oçilgan dasturlarni yopib qöyiş akkumulyator quvvatini saqlab qolişga va tez harakatlanuvçi tizimni ta'minlab berişga yordam beradi, degan fikrlar yuradi. Katta smartfon yoki planşeti bor insonlar esa Task Killers — dasturlarni avtomatik tarzda berkituvçi xizmatdan foydalanişadi. Aslida bu «yordamçi» xizmat nafaqat «vaqt öğirlaydi», balki mutlaqo foydasiz hamdir: yopiq dasturlar smartfonlar tezligiga heç qanday ta'sir körsatmaydi. Gap şundaki, Android'da «yopiq» dasturlar smartfon zaryadini iste'mol qilmaydi va ularni qaytadan tezroq işga tuşiriş uçun telefon xotirasida qoladi.
Yuqoridagi fikrlar Apple qurilmalariga ham tegişli. iOS mustaqil tarzda dasturlarni yopa oladi. Köp vazifali panellar oynasi — bu şunçaki sönggi bora foydalanilgan dasturlar skrinşotidir.
Biroq kiçik istisnolar ham mavjud. Masalan, Facebook mijozi bölgan smartfonda hattoki, fon rejimida ham batareya hajmi kamayib boradi. Bunday faol dasturlarni qölga oliş va sozlamalar menyusi orqali resurslardan foydalaniş imkoniyatini çeklaş zarur.
4. Protsessorda yadro qança köp bölsa, smartfon şunça köp işlaydi
Katta hajmdagi yadro, yuqori taktli çastota, ekranning kengligi va kameradagi tuganmas megapiksellar — bari foydalanuvçi közini quvontiradi. Biroq amaliyotda bu aks ta'sir körsatişi mumkin.
Şuningdek, yadrolarning katta hajmda bölişi yuqori işlab çiqarişni belgilab bermaydi. Masalan, zamonaviy Apple gadjyetlari bor-yöği ikki yadrodan iborat, lekin elektron bozorda ular doim reytingning yuqori çöqqilarini zabt etib kelmoqda.
5. Qança megapiksellar köp bölsa, kamera şunça sifatli suratga oladi
Hozirda megapiksellar kamera sifatini baholaşda asosiy mezon sanaladi. Marketologlar fikriça: ular qança köp bölsa — kamera şu qadar yaxşi va mö'jizakor suratga oladi. Aslida esa megapiksellar qiymati bor-yöği kattalikka, ya'ni surat hajmiga e'tibor qaratadi. Suratlarning sifatli bölişiga megapiksellarning hajmi ta'sir körsatişi mumkin — ular qança katta bölsa, yoruğlik şunça keng joyga tuşadi va kam xiraliklar kuzatiladi.
Asta-sekinlik bilan reklama kompaniyalari megapiksellarni unutib, asosiy urğuni obektiv diafragmasi va piksel hajmiga berişni lozim topmoqda. Galaxy S6 bilan qiyoslaganda, Samsung Galaxy S7 matritsa imkoniyati 16dan 12 megapikselga qisqargan. Biroq suratlar sifati yanada yaxşilangan.
6. Agarda «Parvoz» rejimi yoqilsa yoki SIM-karta olib qöyilsa, maxsus xizmatdagilar sizni nazorat qila olmaydi
Mutaxassislar uzoq masofadan ham öçirilgan qurilmani tekşira olişadi. Öçiq bölib köringan smartfon aslida eng kam energiya iste'moli rejimida bölişi va aloqani örganib borişi mumkin. Mazkur muammoning sönggi yeçimi gadjyetni özingiz bilan olib yurmaslik yoki undagi batareyani olib taşlaş böladi.
7. Tez zaryadlaş batareyka uçun zararli
Köp yillar avval akkumulyatorlarni tez quvvatlaş uning siğimini kamaytirib, iş faoliyatini qisqartirişga olib keladi, deb hisoblaşgan. 2014 yil oxirida SLAC National Acceleration Laboratory tadqiqot markazi olimlari tomonidan ötkazilgan tajriba esa tez yoki odatiy zaryadlaşdan qat'i nazar akkumulyator elektrodlari energiyani ketma-ket va töğri taqsimlaşini aniqlaşdi. Demak bu ham şunçaki quruq gap ekan.
8. Yoniq qolgan Bluetooth moduli köp quvvatni sarflab yuboradi
Nazariy jihatdan, agarda aloqa modullari işlayotgan bölsa — ular energiyani iste'mol qiladi. Köplab zamonaviy smartfonlar Low Energy protokoli va Bluetooth 4.0 standartidan foydalanadi. Bu texnologiya katta tezlik bilan quvvat ketişini kamaytiradi. Agarda quvvatni tejaşni istasangiz, «kök tiş»ni öz holiga qöyib, yaxşisi ekran yoruğligini pasaytiring.
9. Displeyda piksel nuqtalari köp bölsa, sifat ham yaxşi böladi
Displeydagi piksellar ziçligini oşiriş heç qanday vizual effekt bermaydi va sifatni ham yaxşilamaydi. Sotuvçilar urfdan qolayotgan 4K ekranli gadjyetlarni sotişni istaşmasa-da, katta piksellilar sifatni ta'minlab bera olmaydi.
Piksellarning yuqori ziçligidagi displey grafik protsessoriga bölagan talabni yanada oşiradi, ya'ni bu smartfon quvvatini köp sarflanişiga olib keladi.
10. Operativ xotira qança köp bölsa, tizim ham şunça tez işlaydi
Avvalari smartfonlarning köpçiligi ikki-uç gigabaytlar bilan çeklanar edi, hozirda esa tört gigabaytli versiyalar ham paydo bölmoqda. Şuningdek, 6 GBli devayslar yaratilişi haqida ham miş-mişlar tarqalgan.
Ikki, uç yoki undan köp operativ xotira? Şunday savol berilganida, köpçilik «qança köp bölsa, şunça yaxşi, deyişi aniq. Biroq birinçidan, operativ xotira sekin işlaşni boşlaydi, ikkinçidan qurilmaning tezligi operativ xotiradagi ortiqça joyga emas, balki dasturiy qismni optimizatsiya qilişga boğliq. Uçinçidan, poçta, pleyer, ijtimoiy tarmoq kabi oddiy vazifalar uçun 2 GBdan ortiq «operativkalar» talab etilmaydi.
Agarda siz çinakam öyinlar va gadjyet işqibozi bölsangiz, katta hajmli xotiraga ega smartfon sotib olsangiz arziydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi