AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp The Washington Post gazetasini "yolğonçi va nohalol" deb atab, undan öz saylov kampaniyasini yoritişga akkreditatsiyani qaytarib olişga qaror qildi. Bu haqda milliarder tvitterdagi mikroblogida yozdi.

Trampning feysbukdagi sahifasidagi xabarga köra, bunga gazetadagi "Donald Tramp prezident Obama Orlandodagi otişma bilan boğliq, degan taxminni bildirdi" deb nomlangan maqola sabab böldi. Siyosatçi öz sözlarining bunday berilişini yolğon deb atadi.

Avvalroq Tramp Orlandodagi klubga hujumdan keyin Obamani iste'foga ketişga çaqirgandi, çunki uning aytişiça, Obama otişma haqidagi nutqida "radikal islom" iborasini işlatişdan boş tortgan.