Amerikalik Stiven Gomes özining YouTube-kanalida "Kyrga-what?" deb nomlangan videoni çop etdi. Gomes videoda Qirğiziston madaniyati, tili va urf-odatlari haqida rep öqiydi. Bu haqda "Keçki Bişkek" naşri xabar bermoqda.
Gomes repni ingliz tilida öqiydi va ora-orada qirğizça sözlar qöşib qöyadi. Repçi videoda Qirğiziston qayerda joylaşganini tuşuntiradi. Gomes rep uslubida aytadigan şe'r Qirğizistonning şartli "koordinatalarini" bildiruvçi sözlardan boşlanadi: "Markaziy Osiyoda, Xitoy yonida, Ipak yöli degan maşhur yöl bor joyda".
Bundan taşqari, qirğiz va ingliz tilidagi subtitrlar bilan boradigan videoda Bişkek, qirğiz milliy oşxonasi, madaniyati va bu yerda yaşovçi odamlar haqida sözlanadi.
"Men videoni dunyoga bu Osiyo davlati haqida aytişgina uçun emas, balki qirğizlarni ozginça bölsa ham inglizçaga örgatiş uçun qildim", deyilmoqda videoga qoldirilgan izohda.






