Yaponiyaning Toma şahridan (Xokkaydo prefekturasi) bölgan fermer "denske" navli qora tarvuzni 500 ming iyenga (4,7 ming dollar) pullagan. Kiodo agentligi xabariga köra, joriy yildagi ilk auksionda jami 260 dona şunday tarvuz sotilgan.

Qayd etilişiça, bu fermerning tarvuzi uçun tölangan narx rekord örnata olmadi. 2008 yili eng qimmat "denske" 600 ming iyenga (6,1 ming dollar) sotilgandi. Bunday tarvuzlar sirti töq yaşil bölib, "qora tarvuz" deb ham ataladi va juda şirin böladi. Toma şahri şunday tarvuzlar yetiştiriladigan joy bölib, har yili bu şaharda şunday tarvuzlar auksion orqali sotiladi. Joriy yilda Xokkaydogi fermerlar jami 70 mingta şunday yuqori navli tarvuzlarni örtaça 5 ming iyendan (47 dollar) sotişni möljallaşgan.

Yaponiyada noodatiy hajmiga, şakliga, rangiga va ta'miga qarab meva va poliz ekinlarini juda qadrlaşadi hamda juda yuqori narxlar tölaşadi. May oyida "yubari" navli qovunning ikki donasi uçun 3 mln iyen (28 ming dollardan ortiq) tölangandi va bu rekord sifatida qayd etilgan. Ötgan yili xaridorlardan biri Ksyusyu oroli janubida, Miyadzaki prefekturasida bir juft mango uçun 2,5 ming dollar sarflagan.