Bugun, Toşkent vaqti bilan soat 23:59da Marsel şahridagi "Velodrom" öyingohida Yevropa çempionatining A guruhidagi Fransiya va Albaniya terma jamoalari uçraşuvi boşlanadi. Öyin hakami şotlandiyalik Uilyam Kallum.

Fransiya özi mezbonlik qilayotgan turnirni Ruminiya ustidan 2:1 hisobidagi ğalaba bilan boşladi. Lekin Dide Deşam şogirdlari bu öyinda kutilganidek töla ustunlik qilişmadi.

Fransiyadan kelayotgan xabarlarga köra, Deşam Albaniyaga qarşi uçraşuv uçun tarkibda kardinal özgarişlar amalga oşirişi mumkin. U birinçi öyinda işonçni oqlamagan Pol Pogba va Antuan Grizmanning örniga boşlanğiç tarkibda Antoni Marsiyal va Kingsli Komanni tuşirişni möljallamoqda. Bu variantga köra, Payye birinçi öyindagidan farqli ölaroq orqaroqqa suriladi.

Albani ham bugungi uçraşuvda guruhdan çiqiş imkoniyatlarini saqlab qoliş uçun kuraşadi. Bolqonliklar birinçi uçraşuvda Şveytsariyadan ijroçilar yetişmasligi tufayli mağlub böldi. Qolaversa, birinçi öyinda jamoa sardori Lorik Tsana qizil kartoçka olgan va bugun u öynamaydi. Murabbiy De Byazi jamoa bilan ötgan yili Fransiyani yenggandi, ammo bu örtoqlik uçraşuvida röy bergan. Undan oldinroq esa jamoalar durang öynagan.

Taxminiy tarkiblar:

Janni De Byazi, Albaniya terma jamoasi boş murabbiyi:
“Biz Fransiyani yaxşi bilamiz. Ular öz maydonlaridagi öyinda faqat oldinga intilişadi. Biz ularga öz öyinlarini namoyiş etişga yöl bermasligimiz, qarşi hujumlar uçun payt poylaşimiz kerak böladi. Kingsli Koman öta tez ösmoqda, Ngolo Kante yil kaşfiyoti. Umuman olganda, Fransiya — hozir dunyodagi eng kuçli jamoalardan biri. Biz Şveytsariyaga qarşi yaxşi öynadik, ammo gol ura olmadik. Biz maşğulotlar vaqtida birinçi öyindagi xatolar ustida işladik”.

Dide Deşam, Fransiya terma jamoasi boş murabbiyi:
"Öyindan oldin ajoyib muhit yuzaga kelgan. Yangi Velodrom —  futbol muhiti iborasini ifodalamoqda. Bu yerga 2014 yildan buyon endi qaytmoqdaman. Stadionni rekonstruksiya qilişgan, bu stadionni, Marselni va eski tanişlarni körişdan mamnunman.
Albaniya — öyini yaxşi taşkil etilgan jamoa, ularda italyan murabbiy. Ular yaxşi himoyalana olişadi, qarşi hujumlarda tezkor.
Albanlar mehnatkaş va maydonning har bir qismi uçun kuraşadi. Biz buni Şveytsariyaga qarşi bahsda kördik, ular kamçilik bölib öynab, öyin oxirida gol urişlari ham mumkin böldi.