Vengriya Yevropa çempionati guruh bosqiçidagi ilk uçraşuvini Avstriyaga qarşi ötkazdi. Bordo şahridagi «Matmut-Atlantik» stadionidagi keçgan bahs uçraşuv arafasida favorit sifatida qaralgan avstriyaliklarning 0:2 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlandi. 

Birinçi bölimda Avstriya töpga egalik qildi lekin xavfli vaziyatlar yaratiş böyiça körsatkiçlar teng böldi. 

Öyinning 62-daqiqasida Laslo Klyaynxaysler Adam Salaini ajoyib pas bilan ta'minladi va hujumçi aniq harakat qilib, hisobni oçdi. Bu goldan 4 daqiqa ötib avstriyaliklar himoyaçisi Aleksandar Dragoviç ikkinçi sariq kartoçkani olib maydonni tark etdi.

Öyin oxirida esa Zoltan Ştiber raqib jarima maydonida darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib, jamoasi ustunligini 2ta töpga yetkazdi.

Avstriya – Vengriya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 62 Salai, 0:2 – 87 Şteber.
Avstriya – Almer, Xinteregger, Dragoviç, Fuks, Alaba, Arnautoviç, Baumgartlinger, Xarnik (Şopf, 78), Yunuzoviç (Zabittser, 60), Klyayn, Yanko (Okoti, 65).
Vengriya – Kiray, Guzmiç, Kadar, Fiola, Lang, Djudjak, Nad, Klyaynxaysler (Şteber, 79), Gera, Nemet (Pinter, 89), Salai (Prişkin, 69).
Ogohlantirişlar: Dragoviç (33), Nemet (80).
Çetlatiş: Dragoviç (66).