Italiyaning Brindizi şahridagi Leonardo da Vinçi nomidagi örta maktab öquvçilari 13 iyunda özining keksa yoşiga qaramasdan bitiruv imtiholarini topşirmoqçi bölgan 80 yoşli Antonio Pulezeni parta ortida körib hayratlanişdi. 

Puleze 1935 yilda Italiyaning janubida oddiy dehqonlar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi frontga çaqirilgan va 6 yoşli Puleze oilasiga yordam beriş maqsadida dalada işlay boşlagan. Şu sababli u 5-sinfda maktabni batamom taşlab ketişga majbur bölgan.

Antonio butun umri davomida qişloqda işlagan va bundan heç ham açinmagan. "Hanuzgaça mening işçi kunim tonggi soat 5dan boşlanadi va bu menga quvonç bağişlaydi. Men har doim yerni yaxşi körganman va bu muhabbatim butun umrim davom etib kelmoqda", deb öz hayoti haqida BrindisiReport mahalliy onlayn-naşr jurnalistlariga gapirib berdi qariya. 

Qariya özining yerga muhabbatini nafaqat 6 nafar farzandi va 9 nafar nabirasiga, balki Brindizi öquvçitlariga ham berişga qaror qildi. Oxirgi yillar u bolalar oldida nutq sözlab, ularga boğ östiriş yoki tomorqani yaratiş haqida ma'lumot berib keladi. 

Aynan şu antiqa darslar davomida qariyaning miyasiga maktabni bitiriş fikri kelib qoldi. Natijada qariya özining nabirasi Veliya hamrohligida 13 iyunda italyan tili böyiça birinçi bitiruv imtihonini topşirgani maktabga keldi. Yaqin kunlarda u matematika va boşqa fanlardan imtihon topşirişi kerak.