Bugun Yevropa çempionati guruh bosqiçida Angliya va Uels uçraşuvi bölib ötadi. Lans şahridagi "Feliks Bolar" stadionida ötadigan bu bahs Toşkent vaqti bilan soat 18:00da boşlanadi.

Bu ikki britan jamoasining töqnaşuvi Yevropa çempionati boşlanguniga qadar ham katta qiziqiş bilan kutila boşlangandi. 1 tur uçraşuvlari va 2-turda Rossiya Slovakiyaga yutqazişidan keyin bu uçraşuvga qiziqiş yanada ortdi.

Inlizlar boş murabbiyi Roy Hojson Rossiyaga qarşi öyinda maydonga yetarli darajada ijodkor futbolçilarni çiqargandi. Maydonda raqib hujumini buziş bilan şuğullanadigan birgina Erik Dayyer öynadi. Hujumni yakunlovçi örinda esa Keyn.

"Uç şerlar" ustozi Rossiyaga qarşi durangdan keying navbatdagi uçraşuv uçun tarkibda özgarişlar amalga oşirişini aytgandi. Birinçi navbatda Sterling almaştirilişi mumkin - u Rossiyaga qarşi öyinda jamoadoşlari bilan bir-birini yaxşi tuşunmadi. Şuningdek, Adam Lallana ham jamoaning kuçsiz çiziği böldi. Uning örniga Jyeyms Milner tuşişi mumkin. Hojson bugun Vardini tuşirib, 2 markaziy hujumçi bilan öynaşi mumkin.

Uels tarkibida jiddiy özgarişlar kutilmaydi. Robson-Kanu birinçi uçraşuvdagi goli bilan bunday turnirlarda tajriba qay darajada muhimligini körsatdi.

Birinçi turdagi durang Angliyaga bu öyindagi ğalabani zaruratga aylantirdi. Uelsliklar bu öyinda himoyaviy öyin körsatib, qarşi hujumlarga tayanişi kutilmoqda.

Tarix
Angliya va Uels şu vaqtgaça 103 marta uçraşgan va ularning 68tasida inglizlar ğalaba qilgan, 21ta durang qayd etilgan, 14 uçraşuvda uelsliklar ğalabasi qayd etilgan.

Keyingi 3ta qarama-qarşilikda Uels Angliya darvozasiga gol ura olmagan. Uels oxirgi marta 1984 yilda Angliyani yenga olgan.

Taxminiy tarkiblar:
Angliya: Xart – Uoker, Kexill, Smolling, Rouz – Dayyer – Milner, Runi, Alli – Keyn, Vardi
Uels: Uord – Çester, Uilyams, Devis – Ganter, Allen, Ledli, Teylor – Remsi – Robson-Kanu, Beyl

Roy Hojson, Angliya terma jamoasi boş murabbiyi:
- Derbi muhiti – bu juda hayajonli. Angliyada, Buyuk Britaniyada, butun dunyoda bu öyinni intiqlik bilan kutişmoqda. Biz öz qardoşlarimizga qarşi öynaymiz. Bu esa olovga moy quygandek. Bu holatda qiziqiş ortadi.