Özbekiston Mustaqilligining 25 yilligi arafasida poytaxtda Autograph Art Gallery tasviriy va amaliy san'at galereyasi oçildi. Galereyaning yoruğ, şinam zallarida taqdim etilgan san'at işlari orasida mehmonlar maşhur mualliflarning san'at asarlari bilan birga iste'dodli yoş rassomlar, haykaltaroşlar va dizaynerlarning mehnat mahsulini ham körişlari mumkin.


Galereyada namoyiş etilgan asarlardagi zamonaviy tasviriy san'at turlari va uslublarining xilma-xilligi ijro mahorati, muallif nigohining yangiligi va an'anaviy milliy haşamat bilan kişini hayratga soladi. Mahalliy xalqning urf-odatlari va an'analarining butun gözalligini aks ettiruvçi miniatyuralar, milliy liboslar kiydirilgan çiroyli qöğirçoqlar, tabiiy toşlar bilan bezatilgan kumuş taqinçoqlar, bejirim naqşlar tuşirilgan yoğoçdan yasalgan buyumlar - bular Autograph Art Gallery'da taqdim etilgan san'at asarlarining hammasi emas.


Poytaxtimizning markazidagi galereyaning tantanali oçilişiga maşhur rassomlar, libos dizaynerlari, san'atşunoslar va şunçaki gözallik şaydolari taklif etildi. Rasmiy oçiliş marosimidan söng mehmonlar Yelena Milberger va Madina Kosimbayeva kabi Özbekistonning taniqli libos dizaynerlarining defilesidan bahramand bölişdi. Modellar körkam zamonaviy siluetlar va an'anaviy uslubda bajarilgan yorqin bosmalar uyğunlaşgan ajoyib liboslarni namoyiş etişdi.


Tadbirning rasmiy qismi nihoyasiga yetgandan söng mehmonlar galereyada taqdim etilgan san'at asarlarini tomoşa qilişdi, şuningdek ularning mualliflarining mahorat darslari jonli translyatsiya qilindi.









