Özini Guccifer 2.0 deb nomlagan va yakka holda faoliyat yurituvçi kiberjosus AQŞ demokratik partiyasi tarmoğini buziş uçun javobgarlikni zimmasiga oldi, deb yozmoqda Wordpress öz blogida. Öğirlangan hujjatlarning aksariyati, buzuvçining söziga köra, WikiLeaks loyihasi ixtiyoriga topşirilgan.
Blokda demokratlar tomonidan Donald Tramp haqida tayyorlangan hisobot ham e'lon qilingan. Ğarazgöyning ta'kidlaşiça, bular AQŞ demokratik partiyasi saytidan yuklab olgan ma'lumotlarning bir qismigina xolos.
Xaker özining laqabida rumin kiberjosusi Guccifer nomidan foydalangan. U 2016 yil mayida demokratlarning AQŞ prezidentligi uçun nomzodlaridan biri Hillari Klinton saytini buzgan edi.
«Guccifer balkim Hillari Klinton va boşqa demokratlarning saytlarini buza olgan ilk xakerdir. Ammo, albatta? u oxirgisi ham bölmagan», — deb qayd etgan Guccifer 2.0.
U taqdim etgan ma'lumotlar yaqin orada WikiLeaks’da e'lon qilinadi.







