Şimoliy koreyalik Kim bir neça marta omadsiz urinişlardan söng, Rossiyadan boşpana olişga muvaffaq böldi, deyiladi «Memorial» jamğarmasi xabarida. 

Ma'lum bölişiça, Kim dastlab vatani KXDRdan Xitoyga ötgan va bu yerda 10 yildan köproq vaqt mobaynida noqonuniy muhojir bölib yaşagan. Söngra eski xaritalar yordamida Rossiyaning qoçqinlar lageriga ötişga uringan, ammo Qozoğistonda bölib qolgan. U bu yerdan vatani Şimoliy Koreyaga qaytarib yuborilgan. 

Birmunça vaqtdan söng, yana bir bor Şimoliy Koreyani tark etgan Kim bu safar xavfsiz joyga kelişga erişgan. 

Kim Rossiya muhojirlik xizmatiga u va oila a'zolari vatanlariga qaytsa, taqdirlari ayançli bölişini isbotlay olgaç, vaqtinça boşpana beriş guvohnomasiga ega böldi.