RF aprel oyi yakunlariga köra, AQŞ davlat obligatsiyalaridagi (US Treasuries, UST) uluşini qisqartirdi. Bir oy mobaynida investitsiyalar hajmi 3,5 mlrd dollarga qisqarib, 82,5 mlrd dollarni taşkil etgan. Uşbu ma'lumotlar, Amerika moliya vazirligi saytida e'lon qilingan.
Qayd etiş joiz, Rossiya AQŞ davlat qarziga kiritgan sarmoyasi böyiça 16-örindan 17-öringa tuşgan.
Hozirgaça, AQŞ obligatsiyalarining eng yirik egasi bölgan Xitoy aprel oyida öz hissasini 1,244,6 trln dollardan 1,242,8 trln dollargaça qisqartirgan.
Ikkinçi örinda turgan Yaponiya, AQŞ davlat qarzidagi uluşini, aksinça oşirib, 1,137,1 trln dollardan 1,142,8 trln dollarga yetkazgan.
Bu borada uçinçi örinda Kayman orollari turadi. Uning hissasi bir oyda 265 mlrd dollardan 258,5 mlrd dollarga tuşgan. Top-5 likka, şuningdek, Irlandiya (257,9 mlrd dollar) va Braziliya (249,1 mlrd dollar) kiradi.
Umuman, jahon mamlakatlari US Treasuries’ning 6,238 trln dollarlik obligatsiyalariga egalik qiladi. Bu raqam bir oyda 35 mlrd dollarga köpaygan.







