Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida dunyodagi eng yirik «Arktika» muzyorar kemasi suvga tuşirildi. U, 2017 yil sönggida «Rosatomflot» tarkibiga kirişi mumkin. Ötgan haftada, «Ilya Muromets» muzyorar kemasi ham suvga tuşirilgan edi. Bu kema, oxirgi 40 yilda birinçi marta Rossiya harbiy dengiz kuçlari tarkibiga kirgan birinçi muzyorar kemasidir.

Dunyodagi eng qudratli va eng yirik hisoblangan «Arktika» kemasi Boltiq dengizidagi zavodda suvga tuşirilgan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
"Uşbu kema Rossiya uçun muhim bölgan Arktika mintaqasida yilböyi navigatsiya işlarini olib boriş barobarida davlatning mudofaa qobiliyatini ham kuçaytirişga xizmat qiladi", - degan "Rosatom" rahbari Sergey Kiriyenko.
«Arktika» muzyorari qurilişi Boltiq dengizidagi kemasozlik zavodida 2013 yili boşlangan edi. Uning reaktori, kemaga yarim yil mobaynida portga kirmaslikka imkon beradi. Kema uzunligi 173,3 metr, eni — 34 metr bölib, suv siğimi 33,5 ming tonnani taşkil etadi. «Arktika» ekipaji 75 kişidan iborat böladi.

Bundan taşqari, Rossiya muzyorar flotini yangilaş dasturi doirasida yana ikkita — «Sibir» va «Ural» muzyorar kemalari qurilmoqda. Ularni topşiriş muddati 2019 va 2020 yillarga möljallangan.






