Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) rahbari Si Tszinpin 21-24 iyun kunlari Özbekistonga davlat taşrifi bilan keladi va ŞHT a'zolari bölgan Davlat rahbarlari kengaşining 15-sammitida iştirok etadi. Bu haqida Xitoy taşqi işlar vazirining yordamçisi Li Xueylay ma'lum qildi. 

Uning ta'kidlaşiça, XXR rahbarining Özbekistonga taşrifi Xitoyning Özbekiston, şuningdek Markaziy Osiyodagi boşqa davlatlar bilan munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqişida katta rol öynaydi.

"Özbekiston Xitoyning strategik hamkori hisoblanadi, şuningdek "uç kuç" bilan kuraşişda hamda Ipak yöli iqtisodiy tizimini qurişda muhim ahamiyat kasb etadi", - dedi vazir yordamçisi. 

"Xitoy va Özbekiston örtasidagi 24 yillik diplomatik aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanib kelmoqda. Bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlar öz tarixidagi eng yaxşi davrni boşdan keçirmoqda", - ta'kidladi Li Xueylay. 

Uning sözlariga köra, taşrif davomida ikki mamlakat rahbarlari yangi şaroitlarda özaro aloqalarning rivojlanişi, Ipak yölida iqtisodiy tizimni barpo etiş, şuningdek xalqaro va mintaqaviy masalalar borasida fikr almaşişadi, hamkorlikning bir qator muhim loyihalarini belgilab olişadi hamda "Xitoy-Özbekiston qöşma bayonotini imzolab e'lon qilişadi". 

Manbaga köra, ikki mamlakat örtasida diplomatiya, savdo-sotiq, iqtisodiyot, intellektual mulk va moliya sohalarida köp sonli bitimlar imzolanişi kutilmoqda.