Ekspertlar depressiya va ruhiy tuşkunlik holatlari bilan kuraşişga yordam beruvçi yangi parhezni işlab çiqişdi. 

Depressiyaga qarşi öylab topilgan parhez kayfiyatni kötaradi, hissiy beqarorlikni muvozanatga keltiradi. Ma'lumki, inson organizmida yaxşi kayfiyat uçun muayyan bir gormon - serotonin mas'ul hisoblanadi. Olimlar aynan şu gormonga urğu berişdi, deb yozadi "Ortodoks".

Mazkur parhezda mahsulotlar organizmda serotonin gormonini oşirişini inobatga olib maxsus tanlab olingan. Bu mahsulotlarda şuningdek triptofan kabi antidepressiv moddalar mavjud. 

Depressiya pahezi quyidagi mahsulotlar töplamidan iborat: baliq, sabzavotlar, mevalar, dengiz mahsulotlari, şirinliklar, banan, sarimsoq, tuxum va albatta şokolad. Ma'lumki, şokolad miya faoliyatini yaxşilaydi va kayfiyatni kötaradi. Parhez qoidalari quyidagi punktlardan taşkil topgan: 

Kuniga 4 yoki 5 marta ovqatlaniş kerak. Oq non va qattiq pişloqdan voz keçiş lozim. Taomnomadan yoğli ovqatlarni olib taşlaş zarur. 

Dasturxon atrofiga bir vaqtda ötirişga odatlaning. Bugun ertalab soat 7 da nonuşta qilgan bölsangiz, qolgan kunlarda ham xuddi şu vaqtda nonuşta qilganingiz yaxşi. Bu ovqat hazm qilişni barqarorlaştiradi. Oşqozon tizimini yaxşilaş uçun yogurt va bötqalar tavsiya qilinadi.

Spirtli içimliklar iste'molini çeklaş lozim, çunki bunday içimliklar butun parhez ta'sirini yöqqa çiqaradi. Şuningdek qahva ham parhez ta'sirini kamaytirişi mumkin.

Yuqorida qayd etilgan mahsulotlar orasida organizmingizga töğri kelmaydigani bölsa, uni taomnomangizdan olib taşlang. 

Bir kunlik taxminiy taomnoma:

Parhezni şirguruç bilan boşlang, unga ta'm beriş maqsadida biror meva qöşişingiz mumkin. Tuşlikkaça bölgan vaqtda biror salat tamaddi qiling - uning tarkibida sabzi va yeryonğoq bölsa, yanada yaxşi. Tuşlik uçun greçkali bötqa va buzoq göşti töğri keladi. Kunning yarmida qandaydir meva iste'mol qiling, masalan, olma. Keçki ovqatga loviya hamda qöziqorin qöşilgan salat maqsadga muvofiqdir. 

Oltinçi kundan boşlab taomnomangizni töyimli mahsulotlar bilan biroz boyitişingiz mumkin. 

Ekspertlarning ta'kidlaşiça, deyarli ikki kundan söng kayfiyatingiz sezilarli darajada kötariladi, hayotingizda rang-baranglik paydo böladi, uyqu jarayoni normallaşadi, asab faoliyatingiz yaxşilanadi.