Facebook foydalanuvçilari ijtimoiy tarmoq işida nosozlik yuz berganini ma'lum qilişdi. Foydalanuvçilarning bir qismida dasturning desktop versiyasida xabarlarni öqib bölmagan.

DownDetector sayti ma'lumotlariga köra, nosozlik Toşkent  vaqti bilan 16 iyun soat 23.00da qayd qilingan. Köpçilik foydalanuvçilar (41 foiz) butun sayt bilan işlaşda qiyinçiliklarga duç kelganlar. Yana şunça odam ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlariga kira olmayotganlaridan şikoyat qilganlar. 

Foydalanuvçilar şikoyatlari qayd etilgan xaritaga köra, muammolar AQŞ va Yevropa davlatlarida, şu jumladan Rossiyada vujudga kelgan. Ba'zi foydalanuvçilar ijtimoiy tarmoqning Messenger dasturi töxtaşlar bilan işlayotganini ta'kidlaşgan.