MINI avtomobil markasi unga egalik qiluvçi BMW kompaniyasining 100 yilligi şarafiga Vision Next 100 deb nomlangan kontsept-kar yaratdi. Futuristik xetçbek avtonom boşqaruvga tizimi, elektr dvigatel va suriluvçi rul bilan jihozlandi.
Model öz ölçamlariga köra 1959 yilda işlab çiqarilgan ilk MINI xetçbegiga maksimal darajada yaqinlaştirildi va marka dizayni keyingi 100 yil içida qanday rivojlanişini körsatişga çorlangan. Vision Next 100’ning öziga xos jihatlari töldirilgan reallik tizimi va sun'iy ongga ega interer böldi, u haydovçining didiga mos holda sozlanişi mumkin.

Ruldan çap tomonda Inspire Me ("Meni ilhomlantir") degan yozuvi bölgan tugmaça bölib, unga bosiş bilan kontseptning sun'iy ongi yoqiladi.
Agar Vision Next 100 töğri yölni körsa va haydovçi tezlaşişga tayyorligini "his qilsa", unda u haydovçiga John Cooper Works deb nomlangan "sport" rejimiga ötişni taklif qiladi. Haydovçiga maşinani boşqariş joniga tegsa, u avtopilotni yoqişi, rul çambaragini old panel markaziga surib, örindiqni orqaga tuşirib, oyoğini uzatib olişi mumkin. Avtopilot yoqiq bölganda pedal uzeli ham özining joylaşişini özgartiradi.
MINI Vision Next 100’ning uzunligi 3620 mm ni taşkil qiladi, bu eng birinçi MINI’dan 560 mm ga uzun va hozirgi avloddagi MINI’dan 270 mm ga qisqaroqdir.

Kontseptning yana bir öziga xos jihati intereri bölib, uni bezaşda qayta işlangan plastik va alyuminiy, jyez, bazalt va sellyuloza öllangan. Kelajakda Vision Next 100’ga öxşaş MINI maşinalari mijozlarga salonni öziga moslaş böyiça keng imkoniyatlar taklif qiladi.
MINI prototipi BMW konserni özining 100 yilligiga tayyorlagan uçinçi kontsept böldi. MINI bilan bir vaqtda Rolls-Royce kontsept-kari paydo böldi, 2016 yil martida esa nemis markasi BMW Vision Next 100 prototipini namoyiş qilgandi.







