Pekin rahbariyati şaharda iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlari savdosini Apple kompaniyasi göyoki bu modellar dizaynini Xitoyning Burley kompaniyasidan öğrilagani sababli taqiqlab qöydi. Bu haqda Engadget ma'lum qildi. 

Pekin intellektual mulkni muhofaza qiliş byurosi tekşiruv ötkazib, Apple kompaniyasi 100 S smartfonining patentlaştirilgan dizaynini noqonuniy ravişda özlaştirib olganligiga rozi böldi. Şu bilan birga byuro mutaxassislari telefonlar örtasida unça katta bölmagan farqlar borligiga işora qilgan, biroq bu farqlarni köpçilik xaridorlar sezmasligi ham mumkin. 

Natijada rahbariyat iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlari sotuvini taqiqlab qöydi. Apple bu qaror ustidan şikoyat qilib sudga murojaat qildi.