Ramazon oyi sabab qalblar halovatdan, köngillar xotirjamlik tuyğusidan suv içmoqda. Şukrki, Özbekistonning barça masjidlarida tarovih namozlari, muqaddas oy ibodatlari öz örnida ado etilmoqda. Buning uçun barça şart-şaroitlar yaratib berilgani alohida tahsinga munosib.
Poytaxti azimda joylaşgan Şayx Zayniddin jome masjidi jamoasi bu yilgi Ramazon oyi ibodatlarini har yilgidan köra kötarinki kayfiyat bilan ötkazmoqda. Odilxon qori Yunusxon öğli boşçiligidagi masjidda ibodat qilgani kelganlar uçun zarur barça şart-şaroitlar muhayyo qilingan.
Masjidga taşrif buyurgan odamlar mana şunday tinç yurtda, ibodatlarni öz vaqtida, emin-erkin ado etişga qulaylik yaratilganidan mamnun bölişib, öz duolarida Özbekistonning tinçligi abadiy bölişligini, oilalar dasturxonida qut-baraka, bundanda köp yaxşilik, omonlik va fayz ato etişini Yaratgandan sörab, duo qilişmoqda.
















