Tokio Qonunçilik Assambleyasi 17 iyun kuni bölib ötgan navbatdan taşqari majlisida yangi mer saylovlarini 31 iyulda ötkaziş haqida qaror qabul qildi. 

Saylov xarajatlari taxminan 50 million dollarni taşkil etadi. Yangi merning vakolat muddati 2020 yilning 30 iyuliga qadar davom etadi. 

15 iyun kuni poytaxt okrugi rahbari Yoiti Masudzoe moliya sohasidagi köplab ayblovlar tufayli iste'foga çiqiş uçun ariza topşirdi.

Tokio meri bilan boğliq mojaro matbuotda uning davlat avtomaşinasida har hafta dala hovlisiga borişi töğrisidagi xabarlar paydo bölgandan söng boşlandi. Boz ustiga uning siyosiy jamğarmalar hisobidan tölangan oilaviy sayohatlari bilan boğliq ma'lumotlar ham tarqaldi. Bundan taşqari mer fondlarning puliga san'at asarlari va uning kalligrafiya bilan şuğullanişi uçun qulay bölgan Xitoy ipagidan yaratilgan liboslarni sotib olgani ma'lum böldi, çunki ipak matoli libos yengi erkin harakatlaniş imkonini beradi.  

Şuningdek, uning turmuş örtoği tomonidan boşqariladigan yuridik manzili Masudzoening xususiy uyi bilan bir bölgan ilmiy-tadqiqot instituti merning siyosiy fondlaridan biriga ijaraga xona bergan va buning uçun har oy ijara haqi olgani ham aniqlandi.