16 iyun kuni «Toşkent» telekanalida Özbekiston hududida moliya piramidasi taşkil etgan, xalq orasida "Ahmadboy" deya nom qozongan, noqonuniy valyuta operatsiyalari bilan şuğullanib kelgan Ahmadjon Tursunboyevning Toşkent viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan qölga olingani haqida qisqa maxsus reportaj namoyiş etildi. Bu reportaj kanalda keçki soat 20:15 va 22:15da takroran namoyiş etildi. Şuningdek, «Özbekiston» kanalida ham keçki soat 20:15 va 21:30da efirda şu lavhalar. 

Reportajda keltirilişiça, Tursunboyev — Toşkent viloyati Çinoz tumanidagi «Çinoz halol çorva» va «Çinoz avto hamkor» mas'uliyati çeklangan jamiyatlari ta'sisçisi hisoblanadi.

U va uning xodimlari aholidan heç qanday kafolat bermagan holda eng kamida 100 foizlik yillik ustama bilan qaytariş şarti bilan milliy va xorijiy valyutada pullarni qabul qilib olgan. Yanada aniqroği, tomonlar biror kor-hol sodir bölgan taqdirda pul topşirayotganlarning yaqinlari ularni qaytarişni talab qilmasligiga kelişgan. Qöşimça ravişda, Tursunboyev oyiga 40 foizlik ustama bilan xorijiy valyutada qarzga pul beriş bilan ham şuğullangan.

Bu kabi amaliyotlarda iştirok etganlar soni bir neça ön ming kişini taşkil etgan. Pul topşirganlardan birining reportajda ta'kidlaşiça, 8 mln sömni topşirgan va 10 oydan söng uni 16 mln qilib qaytarişga kelişgan — har oyda 1,6 mln sömdan.

Tursunboyevning hisobçisi intervyuda kunlik aylanma 1 mln dollarni taşkil qilgani haqida gapirdi. U avval pul topşirganlarga keyin topşirilgan pullar hisobidan foizlar tölab borilganini aytgan.

Şuningdek, aholidan naqd puldan taşqari avtomobillar, qimmatbaho buyumlar har oyda foizlar tölab boriş şarti bilan qabul qilingan. Bu jarayon heç qanday rasmiylaştirişlarsiz olib borilgan va faqat oddiy daftarga kimdan nima olingani yozib qöyilgan.

Aholidan olingan mablağlarning bir qismiga çet eldan turli tovarlar va qimmatbaho buyumlar olib kelinib, tadbirkorlarga ustama foiz evaziga tarqatilgan. Reportajda Ahmadboyning haşamatli uyidagi garajda joylaşgan qimmatbaho avtomobillar ((Cadillac Escalade, BMW, Lexus) körsatilgan.

Şuningdek, aholidan 1 yilda 2ta qilib qaytariş evaziga qoramollar ham qabul qilingan va ular uçun fermalar taşkil etilgan. Xodimlardan biri şu maqsadda 5-6ta ferma qurilgani, ularning har biri 5-6 ming tuyoq qoramol uçun möljallangani haqida gapirgan.

Reportajda qayd etilişiça, bu guruh 4-5 yildan buyon faoliyat körsatib kelayotgandi.