1-Ramazon oyi tufayli Rayyon eşigidan kiruvçilardan böl!
Sahl raziyallohu anhudan rivoya qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib dedilar: “Jannatda Rayyon deb ataluvçi bir eşik borki, qiyomat kunida undan rözadorlar kiradilar. U eşikdan ulardan boşqa heç kim kirmaydi. “Rözadorlar qani?”, deb nido qilinadi. Şunda ular (mazkur eşikdan jannatga kiriş uçun) örnilaridan turadilar. U eşikdan ulardan boşqa heç kim kirmagay. (Rözadorlar öşa eşikdan) kirib bölgaç, u yopiladi va ortiq undan heç kim kirmaydi” (Imom Buxoriy rivoyati). 2-Ramazonda avvalgi barça gunohlari keçiriluvçilardan böl!
Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib, dedilar: “Kimki, Ramazon (rözasi)ni (farzligiga) iymon keltirgani uçun va savob umid qilib, tutadigan bölsa, uning ötgan gunohlari keçiriladi. Kimki, Qadr keçasini (fazilatiga) iymon keltirib va savob umidida (ibodat bilan) qoim qiladigan bölsa, uning ötgan gunohlari keçirilur” (Imom Buxoriy rivoyati). 3-Uning haqqiga Alloh va fariştalari salovot aytadigan kişilardan böl!
Abu Said al-Xudriy raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib, dedilar: “Saharlikni yeyiş barakadir, şunday ekan, heç bölmasa bir qultum suv içib bölsa ham (saharlik qiling) uni tark etmang. Zero, Alloh azza va jalla va Uning maloikalari saharlik qiluvçilarga salovotlar ayturlar” (Imom Ahmad va Ibn Hibbon rivoyati). 4-yil böyi röza tutuvçilardan qatoridan böl!
Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning şunday deyotganlarini eşitdim: “Sabr oyi (ya'ni ramazon) hamda har oydan uç kun röza tutmoq umrbod rözadir” (Ibn Asokir rivoyati).
Abu Ayyub Ansoriy raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam şunday dedilar: “Kimki, Ramazon (rözasi)ni tutib, söngra şavvol (oyi)dan olti kunni unga ergaştirsa (ya'ni ramazondan söng şavvol oyidan olti kun nafl röza tutsa), bu umrbod röza kabi böladi” (Imom Ahmad, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Ibn Moja, Imom Abu Dovud va Imom Nasoiy rivoyatlari).
Hadisi şarifda kelgan “umrbod röza” degan söz ulamolar tomonidan yil böyi röza tutiş degan ma'noda talqin qilingan.
Zayd ibn Xolid al-Juhaniy raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “kimki, rözadorga iftor qilib bersa, u kişiga öşa (iftorlik qildirilgan rözador)ning ajridek ajr qöşimça qilib berilur, lekin haligi rözadorning ajri kamaytirilmas” (Imom Termiziy, Ibn Moja va Ibn Hibbon rivoyatlari).
6-Tengsiz işni amalga oşiruvçilardan böl!
Abu Umoma al-Bohiliy raziyallohu anhudan rivoyat qilinişiça, u kişi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan “qaysi amal eng afzal?”, deb söradi. Şunda Ul zot: “Röza tut! Zero, uning tengi yöqdir!”, dedilar. (Imom Ahmad, Nasoiy va Bayhaqiy rivoyatlari).
7-Bir marta emas, ikki marta bayram qiluvçilardan böl!
Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Alloh taolo dedi: “Odam bolasining hamma amali özi uçun, faqat röza bundan mustasno. Zero, u Men uçun va uning mukofotini ham Özim beraman. Röza (dözax olovidan) qalqondir. Qaçonki, biringizning röza tutadigan kuni bölsa, yomon sözlarni gapirmasin, baqir-çaqir qilmasin. Agar birov uni söksa yoki uruşsa “men rözadorman!”, desin. Muhammadning joni qölida bölgan Zotga qasamki, rözadorning oğzidan keladigan özgargan (noxuş) hid Alloh huzurida miskning hididan-da xuşböyroqdir. Rözadorning uning-la xursand böladigan ikki şodligi bordir: oğiz oçganda xursand böladi va Rabbisiga yöliqqanda (dunyoda tutgan) rözasi tufayli xursand böladi” (Imom Ahmad va Imom Muslim rivoyatlari).
8-Aslo taşna bölmaydigan kişilardan böl!
Sahl ibn Sa'd raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib dedilar: “Rözadorlar uçun jannatda bir eşik bölib, uning nomi Rayyondir. U eşikdan ulardan boşqa heç kim kirmaydi. Oxirgilari kirib bölgandan söng, yopiladi. U eşikdan kirgan odam borki, albatta suv içadi. Kimki, undan içsa keyin abadu-l-abad çanqamaydi” (Imom Buxoriy va Nasoiy rivoyati).
9-Öziga dözaxdan tösiq beriluvçi bandalardan böl!
Abu Hurayra raziyallohu anhu orqali Nabiy sollallohu alayhi va sallamning şunday deganlari rivoyat qilinadi: “röza qalqondir va dözaxdan himoya qiluvçi mustahkam qörğondir” (Imom Ahmad rivoyati).
10-Nubuvvat xislatlari bilan xulqlanuvçilardan böl!
Abu Dardo raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “uç narsa nubuvvat xislatlaridandir: iftorni erta qiliş (ya'ni vaqti kirişi bilan keçiktirmay oğiz oçiş), saharlikni keçroq qiliş (ya'ni uni tunning oxirgi vaqtlarigaça suriş) va namozda öng qölni çap qöl ustiga qöyiş” (Tabaroniy rivoyati).
11-Mukofotini Allohdan boşqa heç kim bilmaydigan amal sohiblaridan böl!
Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: ““Alloh taolo dedi: “Odam bolasining hamma amali özi uçun, faqat röza bundan mustasno. Zero, u Men uçun va uning mukofotini ham Özim beraman” (Imom Ahmad va Imom Muslim rivoyatlari).
12-Dözaxdan ozod bölişdan va mustajob duodan mahrum qilinganlardan bölma!
Abu Hurayra yoki Abu Said al-Xudriydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “(Ramazonning) har kuni va har keçasida Allohning dözaxdan ozod etilgan qullari bölur va ulardan (röza tutuvçilardan) har bandaning mustajob böluvçi bir duosi bölur” (Imom Ahmad rivoyati).
13-Gunohlarni öçiruvçi narsalarni tark qiluvçilardan bölma!
Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinişiça Rasululloh sollallohu alayhi va sallam şunday der edilar: “Agar kabira gunohlardan saqlanilsa, beş vaqt namoz, juma (namozi) özidan keyingi juma (namozi)gaça, ramazon (rözasi) özidan keyingi ramazon (rözasi)gaça oradagi gunohlarga kafforatdir” (Imom Muslim rivoyati).
14-Alloh Öz rahmatidan uzoqlaştirib, dözaxga kirituvçi bandalaridan bölma!
Jobir ibn Samura raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “(Bir kuni) Nabiy sollallohu alayhi va sallam minbarga çiqdilar va “omin, omin, omin”, dedilar. Söng: “(hozirgina) mening huzurimga Jabroil alayhissalom keldi va: “ey Muhammad, kim ota-onasidan birlariga tirik hollarida yetişganu söngra ölgan va dözaxga kirgan bölsa, Alloh uni uzoq qilsin (la'natlasin!), omin, deng!”, dedi. Men: “omin”, dedim. Jabroil yana: “ey Muhammad, kim ramazonga yetişsayu, söngra ölsa va (ramazon tufayli) gunohlari keçirilmasa va dözaxga kirgazilsa, Alloh uni uzoq qilsin (la'natlasin!), omin, deng!”, dedi. Men: “omin”, dedim”. U: “(ey Muhammad), kimki, huzurida zikr qilinganingizda Sizga salovot aytmasa, keyin ölsa va dözaxga kirsa, Alloh uni uzoq qilsin (la'natlasin!), omin, deng!”, dedi. Men: “omin”, dedim” (Tabroniy rivoyati).
15-Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga haj qilişdan mahrum bölganlardan bölma!
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat qilinişiça, Ummu Sinon ismli ansoriyya ayol Nabiy alayhissalom bilan haj qilolmaganda Ul zot sollalllohu alayhi va sallam haligi ayolni ramazonda umra qilişga çorlab: “Ramazonda qilingan umra hajga teng”, bir rivoyatda: “Men bilan birga ado qilingan hajga teng”, deganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Demak, ramazon oyida ado etiladigan umraning fazilati özgaça böladi. U ajru savobda haj amaliga teng böladi. Zero, bu oy ezguliklar oyi, barakotlar oyidir. Şunday ekan unda bajarilgan harqanday ezgu amalning ajru savobi özgaça böladi. Bu oyda qilingan umra esa savobda hajga tenglaşadi. Ammo, bu bilan farz bölgan haj böyindan soqit bölib qolmaydi.
16- Barakadan mahrum böluvçilardan bölma!
Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “saharlik qiling, zero saharlikda baraka bordir!”, dedilar” (muttafaqun alayh).
17-Vaqtidan ilgari rözasini oçganligi uçun azobga qoluvçilardan bölma!
Abu Umoma raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning şunday deyotganlarini eşitdim: “men uyquda ekanman (ya'ni tuşimda) huzurimga ikki kişi keldi va ikki bilagimdan tutib meni çiqiş qiyin bölgan toğga olib kelişdi. Va “çiq!”, deyişdi. “Çiqolmayman”, dedim. Şunda ular: “(sen çiqaver) biz senga osonlaştiramiz”, dedilar. Şundan söng, toqqa çiqdim. Uning tepasiga kelganimda qattiq tovuşlar eşitildi. “bu qanday tovuşlar?”, deb söradim. “bular dözax ahlining uvillaşlaridir”, deyişdi. Söngra, men bilan yölda davom etdi. Banogoh, boldirlaridan osib qöyilgan, lunjlari yirtilib, qon oqib turgan qavmga duç keldik. “Bular kim böldi?”, dedim. “bular rözalari nihoyasiga yetmasdan turib (vaqtidan ilgari) oğiz oçadiganlardir”, dedi” (Ibn Xuzayma rivoyati).
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi