Italiyaning maşhur xöjalik texnikalari işlab çiqaruvçi Indesit kompaniyasi asosçisi hamda Italiya sanoati umumiy konfederatsiyasi (Confindustria) sobiq prezidenti Vittorio Merloni, uzoq davom etgan xastalikdan söng, 83 yoşida hayotdan köz yumdi, deb xabar qilmoqda Ilmessaggero naşri.
Merlonining raqifasi va 4 nafar farzandi bor edi. Fabriano şahri meri Twitterdagi sahifasida tadbirkorning oila a'zolariga hamdardlik izhor qilgan.
Vittorio Merloni 1933 yili Fabriano şahrida dunyoga kelgan. Merloni 1975 yili, 2005 yildan Indesit Company deb ataluvçi xöjalik texnikalari işlab çiqaruvçi Merloni Ettrodomestici kompaniyasiga asos solgan edi. 2010 yildan öğli Andrea kompaniya prezidenti sifatida faoliyat yuritmoqda.
Ayni vaqtda, Indesit Yevropaning xöjalik texnikalari işlab çiqaruvçi yirik kompaniyalaridan biridir.







