"LUKoyl" kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov "Başneft" kompaniyasini sotib oliş rejalari haqida ma'lum qildi. Bunda kompaniya bitimni moliyalaştirişda 60 foiz öz mablağlaridan foydalanadi, qolganini esa xorijiy banklar ta'minlaydi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

"LUKoyl – operatsion kompaniya, bizga qandaydir aktivda moliyaviy iştirok etiş qiziq emas. Albatta biz "Başneftda" qayta taşkillaştiriş va ikki kompaniyadan sinergetik samara oliş uçun 100 foiz iştirok etişni istardik", deb aytdi Alekperov.

Alekperov bitimni "aynan xorijiy xususiy banklar" moliyalaştirişga tayyorligini aytdi va "Başneft"ning joriy qiymati "rentabellik çegarasida turganini" qöşimça qildi.