Maksim Galkinning bolaligi Buryatiyada, Sosnovyy Bor harbiy şaharçasida ötgan. Bu yerda uning otasi general mayor bölib xizmat qilgan. Maksim yuqori sinfga ötganda, uning oilasi Moskvaga köçib ötgan. Bölğusi artist RDGU filologiya fakultetining tilşunoslik bölimiga öqişga kirgan va uni tugallab, aspiranturaga qabul qilingan. Uning dissertatsiya mavzusi Hyote qalamiga mansub "Faust" asarining rusça tarjimasiga bağişlangan.
Biroq bolalik damlaridanoq namoyon bölgan aktyorlik qobiliyati uning filologiyaga bölgan qiziqişidan ustunlik qildi. Avval u MDUning Talabalar teatrida, söngra Moskva estrada teatrida öz iste'dodini körsata boşladi. Uning ijod yöli juda muvaffaqiyatli keçdi. Ilk yillardanoq u tortinçoq debyutantdan ommaning sevimli artistiga aylandi.
Bugungi kunda Rossiya estradasida Maksim Galkinning raqiblari yöq. Özining 40 yilligini u xalq e'tirofiga sazovor bölgan holda, şuningdek Rossiya Primadonnasining turmuş örtoği va ikki farzandning otasi sifatida qarşi olmoqda.
Alla Pugaçyova eri Maksim Galkin bilan birga

Maksim Galkin maktab sahnasida

Maksim Galkin, 2005 yil

Maksim Galkin maktab spektaklida

Maksim Galkin va Alla Pugaçyova, 2003 yil

Estrada artisti Maksim Galkin, 2000 yil

Maksim Galkin va qöşiqçi Pelageya Rossiya kuniga bağişlangan bayram konsertida, 2014 yil












