— Otajon, iltimos, yiğlamang. Manavi pullarni olib qöying, — deya hamyonimdan bir dasta pul olib, otamga uzatdim.
— Bolam, men noinsof otangni keçir. Keçir qizim, — deya otam yelkalari silkinib-silkinib yiğlardi.
Ota-bola zörğa xayrlaşib, ortimga qaytdim. Şu payt amakimning turmuş örtoği ayolning şanğillagani quloğimga çalindi:
— Ha, nimaga kelibdi? Pul sörab kelgandir-da gadoyvaççalaringiz!
Ortimga qayrildim.
— Unday demang. Mana, qizim menga şunça pul taşlab ketdi. U pulga muhtoj emas. Mang, olaqoling! — deya otam beçora qöllaridagi pullarni unga uzatdi. U bölsa pullarni oldi-da otamni masxara qilgandek boşidan soçib, hovliga kirib ketdi.
Otam bölsa yerga çök tuşganiça qölini muşt qilib yerga urib yiğlardi.
Otam yaxşigina bir idorada işlardi. Bundan taşqari qöli gul usta edi. Odamlarga eşik-rom, darvozalar yasab berardi. “Iloyo içkilikni çiqarganni uyi kuysin”, deb qarğanardi ayam. Çunki otam içkilikka berildiyu uyimizdan fayz-baraka aridi. Ana şu içkilikning ortidan otam işxonasidan ham bir neça bor tanbeh eşitdi. Ammo bundan töğri xulosa çiqarmadi. Uyga kelib ayam bilan janjallaşadigan odat çiqardi:
— Işxonadagi ğalamislar meni körolmayapti. Içsam özimning pulimga içamanda. Birontasi olib bermasa? Nimaga hadeb gapirişaveradi!
— Iltimos otasi, içmang! Aftu-angoringizga bir qarang! Kimlarga öxşab qoldingiz!
— Sen jim böl! Men hali ularga körsatib qöyaman, kimligimni!
Yotib yeganga toğ ham çidamaydi, deganlaridek, ayam qora kunga deb olib qöygan pullar ham tugadi. Otam esa biror joyga borib işlaşni xayoliga ham keltirmasdi. Hatto duradgorçilik ham qilmay qöydi. Şuning uçun qöliga ilingan buyumni olib, sotib içadigan, janjal çiqaradigan odat çiqardi. Gohida otam ayamni rosa kaltaklardilar. Biz ayamga yordam berolmasdan höng-höng yiğlardik. Ayam beçoraning kökarmagan joyi qolmadi.
Bir kun janjal bölgan joydan qirq kun baraka kötariladi, degan gap rost ekan. Nima yeb, nima içganimizni bilmay qoldik. Biz endi uyimizda tinçlik bölişini istab qoldik. Çunki mehribon ayajonimning közlarida yoş köriş biz uçun azob edi. Ayamni qanday ovutişni ham bilmasdik. Murğakkina qalbimizda otamizga qarşi isyon bor edi. Ammo uni qanday qilib yuzaga çiqarişni bilmasdik.
Kunlarning birida buvim biznikiga mehmonga keldi. Öşa kuni ham otam har galgidek içib kelib, ayamni kurakda turmaydigan sözlar bilan rosa sökdi. Buvim kuyovining haqoratlariga çiday olmay, uni murosaga çaqirmoqçi böldi:
— Bolam, sal oğzingizga qarab gapiring. Qizim qanday ayb iş qildi? Uruş-janjal bilan oilani mustahkamlab bölmaydi.
— Nasihatingizni bolalaringizga qilasiz! Agar qizingiz kerak bölsa, olib ketavering! Jonimga tegib ketdi! Men yolğiz qolişni xohlayman! —deya otam buvimga öşqirdi.
Buvimning dili oğridi. Boşini sarak-sarak qilganiça uyga kirdi va ayamga dedi:
— Buning odam bölmaydi çoği. Kel, uni bir pas tinç qöy. Nabiralarimni kiyintir, kerakli narsalaringni olvol. Men tirik ekanman, seni heç kimga xörlatib qöymayman. Tor qornimga siqqan, keng hovlimga siğmaysanmi?
— Ona, axir bolalarim tirik yetim bölib qoladimi?
— Bu alfozda yaşagandan köra, tirik yetim bölgani ma'qul. Bolalaringni ahvoliga qara! Beçoralar ozib-tuzib ketibdi-ku! Otasining baqirişidan çöçib, tum-taraqay qoçişayapdi beçoralar. Rahming kelmaydimi ularga! Yaxşisi bunday yaşaşdan voz keç. Qaçonki eringa insof bitib, özi seni yalinib olib kelsa şundagina bu yerga kelasan. Gapni köpaytirmasdan, hammang oldimga tuş!
Ayam istar-istamas bizning zarur bölgan kiyimlarimizni sumkalarga joylaştirdi. Bizni ham apil-tapil kiyintirdi. Keyin uyimizdan çiqib ketdik. Meni öşa atrofdagi maktabga, ukamni esa boğçaga joylaştirişdi. Buvim bilan ayam tikuvçilik qilib pul topa boşlaşdi. Otam esa bizdan umuman xabar ham olmadi.
Kunlarning birida ayam buvimga aytmasdan uyimizga boribdi. Otam allaqaçon uyimizni sotib, poytaxtda yaşaydigan akasinikiga köçib ketibdi. Çunki uy amakimning nomida edi. Şunday qilib biz otasiz qoldik. Biroq bayramlarda, tuğilgan kunlarimizda eşikka tikilib, otamizni kutardik. Bizga sovğasi kerak emas, özi kelsa bölgani edi. Afsuski bu kutişlar ança yillar davom etdi. Ayam ham bizga sezdirmasdan otamizni kutar, keçalari yiğlab çiqardi.
Bir kuni ukam Ma'mur yiğlab keldi. Ayam uni quçib söradi:
— Qani meni polvonim, nima böldi? Kim xafa qildi?
— Anavi Dagar “Seni otang yöq, yetimsan” dedi. Qolgan bolalar ustimdan kulişdi. Men unga “Otam uzoqqa, işlagani ketgan. Menga vilosiped olib keladi” desam, Dagar “Otang senlarni taşlab ketgan. Heç qaçon vilosiped olib kelmaydi. Tuşingni borib suvga ayt” dedi. Endi men ular bilan öynamayman, — dedim hiqillab.
— Yiğlama, bolam. Ular bilan endi öynama! Ana opang bilan öynagin.
— Ayajon, rostini ayting, meni otam bor-a! Uzoqqa ketgan-a? Bir kuni keladi-ya?
— Albatta, keladi, öğlim. Seni otang hammanikidan yaxşi. Hozir işi köp. Sen yaxşi, aqlli bola bölib yursang, senga vilosiped olib keladi. Öşanda jöralaring uyalib qolişadi.
Ma'mur xonasiga kirib ketib, özini krovatçasiga otib yiğladi. Çunki u ham, ayam ham otamizni soğingandik. Ayam bölsa öşa kuni karaxt ahvolga tuşib qoldi. Ertasi kuni esa kasal bölib yotib qoldi. Buvim ayamning issiğini tuşiriş uçun dokani muzdek suvga botirib peşonasiga qöyardi.
— Onajon, agar menga biror kor-hol bölsa, kuyovingiz kelsa, nabiralaringizni unga berib yuboring. Ularni ota mehridan mosuvo qilmang.
— Gaplaringni şamol uçirib ketsin! Özi nimalar deb valdirayapsan! Hali tuzalib ketasan. Bolalaringni ham özing katta qilasan! Nabiralarimga nomard otasi kerak emas! Hali köp yaşaysan!
— Qani öşa betayin ostonamga bir kelib körsin-çi! Norasida bolalarini taşlab ketgan ota — ota bölarmidi? Iloyo uni nevaralarimning köz yoşlarini uvoli tutsin. Uylangan bölsa, boşqa farzand körmay, tirnoqqa zor ötsin!
— Onajon, unday demang. Axir u ham birovning jondan aziz körgan bolasi. Bir xato qildi-da. Uni keçiring. Bolalarim otasiz öksinmasin deyman-da.
— Gapni köpaytirmasdan manavi dori bilan qaynagan suvni iç. Bir terlasang, yaxşi bölib ketasan, —deya buvim menga yuzlandi. —Bibi! Dokani ol. Suvga solib, suvini siqib, ayangning peşanasiga qöyib tur. Men hozir kelaman, —deya xonadan çiqib ketdi.
Ayajonim bölsa meni bağriga bosib, qönğiroq soçlarimni siypalab dedi:
— Meni aqlli qizim. Otang heç qaçon yomon odam bölmagan. U sizlarni judayam yaxşi körardi, mehribon edi. Omad undan yuz ögirib işsiz qoldi. Alamini içkilikdan oldi. Agar otang qaytib kelsa, undan sirayam yuz ögirmanglar. Otangga yaxşi muomilada bölinglar.
— Bilaman, ayajon. Aytganingizdek qilaman, sirayam xavotirlanmang. Men ham, ukam ham otamni soğindik. Tezroq kelsa yaxşi bölardi. Siz ham qinalib ketdiniz.
Şu payt buvim patnos kötarib eşikdan kirib keldi. Ayamga majburlab issiq-issiq çoy va ovqat içkizdi. Biz esa ayamning atrofida parvona bölib, çarçab uxlab qoldik.
Ayajonim, uç kun deganda oyoqqa turdi. Darhol tikuv maşinasiga ötirib menga çiroyli, kapalakçali kuylak tikib berdi. Öşa kuni uyimizda xursandçilik böldi.
Oradan yillar ötdi. Biz ham ulğaydik. Otamizni qaytib kelmasligini ham fahmlab yetdik. Biroq ayam hamon otamni kutardi. Mahallamizdan birortasi Toşkentga boribdi, deb eşitsa darhol uning yoniga borib otamni suriştirardi. Gohida xonasiga kirvolib, otamning suratiga uzoq tikilib ötirardi.
Suyangan toğimiz bölmiş buvim ham vafot etdi. Qarisi bor uyning parisi bor, deganlari töğri ekan. Biz fariştamizni yöqotib qöydik.
Ayam qiynalsa ham biz farzandlarini institutlarda öqitdi. Keyin meni uzatdi, ukalarimni uylantirdi, uyli-joyli qildi. Meni turmuş örtoğim mehribonlik uyida tarbiyalangani uçun u uyimizga içkuyov bölib keldi. Ayam uçalamiz yaşay boşladik. Ukalarimning hovlisi alohida edi.
Bir kuni turmuş örtoğim bilan ayam ziyoratga otlanişdi. Men ularni ziyoratga borişiga qarşi edim. Çunki öşa kuni tuş körgandim. Tuşimda buvim “Men oç qoldim, ovqat beringlar”, deya kosa kötarib yurganmiş. Ayam bilan xöjaynimdan ham ovqat sörabdi. Vafot etgan odamning ovqat sörab yurişi yaxşilik alomati emasdi. Bu biror xavfdan ogohlantiriş edi. Ammo ayam “boramiz” deb turib oldi. Noiloj könglim ğaş bölib ularni kuzatdim. Keçqurun esa şifoxonadan qönğiroq qilişib, ularni “avtohalokatga uçrabdi” degan şumxabarini eşitdim. “Bölişi mumkin emas, yolğon!” deya yiğlayman. Tezda aytilgan joyga, şifoxonaga bordim. Ikkalasining ustiga ham oppoq çoyşab yopib qöyişibdi. Dod solib yiğladim. Bu dunyoga siğmay ketdim.
Ertasi kuni uyimizdan qöş tobutni çiqarişdi. Ularning ortidan bözlab qoldim. Özimku otasiz, ota mehriga töymay voyaga yetgandim. Endi bölsa bolalarim ham mening ahvolimga tuşib qolişdi. Farzandlarimga qarab iç-içimdan ezilardim. Çunki ularning nigohi, közlaridagi mung mening dilimni yaralardi. Ularga ham otasizlik qançalik qiyin ekanligini his qilardim. Sabr qilişdan boşqa ilojim yöq edi. Endi farzandlarimga ham ota, ham ona edim.
Özim maktabda rahbarman. Iş qizigandan qizib yotibdi. Yaxşiyamki mana şu işim bor ekan. Sal bölsa-da ğamlarim unuti ladi.
Bir kuni uyda ötirib uyga toldim. “Otamni izlab, topib, uyimizga olib kelsam-çi”degan fikr ötdi xayolimdan. Yaqin dugonam Sojidaga bu fikrimni aytdim.
— Avvalroq qayerda eding? Nima şu paytgaça otangni topiş xayolinga kelmadi-a? Mayli, hali ham keç emas. Otangni topsang, bolalaring bobosi bilan diydorlaşardi, ayangning ham ruhi tinç bölardi.
— Bir kuni vaqt ajratib, Toşkentga birga borib kelaylik.
— Mayli, dugonajon. Siz bilan dunyoning narigi çekkasiga ham borişga tayyorman.
Mehnat ta'tiliga çiqqanimdan söng darhol Sojidaga qönğiroq qilib, poytaxtga borişimizni kelşib oldik. Sojida aytilgan kun menikiga yetib keldi. Otamning akasini manzilini suriştirdik. Sinfdoşlarim manzilini topib berişdi. Ertasi kuniyoq yölga çiqdik.
Sörab-sörab Makkani topibdi deganlaridek, biz ham manzil böyiça amakimnikini topdik. Uning uyi ikki qavatli qasrga öxşardi. Bahaybat temir darvozaning qönğiroğini bosdim.
— Kim u? — degan ovozi eşitildi içkaridan.
Dugonam bilan bir-birimizga qarab nima deyişimizni bilmay qoldik.
Darvoza oçilib, içkaridan pardoz-andoz qilgan, çiroyli kiyinib olgan ayol bizga ajablanib tikilib turdi.
— Assalomu alaykum, opajon. Uzr, bezovta qilgan bölsak. Bizga Xondamir aka kerak edi. Şu yerda turadimi?
— Hmm... —dedi ayol bizga boşdan-oyoq razm solib. Xuşlamaygina. Keyin hovli tomonga yuzlandi. — Xondamir, ho Xondamir! Sizni sörab kelişibdi, çiqing tezroq.
Boyagi ayol bizni mensimasdan darvozani qiya oçiq qoldirdi-da, tamannolanib yurib ketdi.
Birozdan söng ust-boşi yupun, soç-soqoli ösib ketan kişi oldimizga çiqib keldi-da, bir zum hayron bölib qarab qoldi.
Yuragim birdan hapriqib ketdi. Bu öşa, bizlarni öttiz yil oldin taşlab ketgan otam edi.
— Bolam, senmisan-a, qizim, — deya otam meni bağriga bosib, yiğlab yubordi.
Ota-bola yiğlab körişdik. Sojida ham bir çetda daströmolça bilan köz yoşlarini artib turardi.
— Uyga kiringlar, qizlarim, qani, içkariga, —deya otam darvozani kattaroq oçib yöl boşladi. Ortidan unga ergaşdik. Otam bizlarni hovlining bir çekkasidagi söriga ötirişga taklif qildi. Hammamiz ötirgaç, otam öşa yerdagi xonalardan biriga qarab baqirdi:
— Hoy, mehmon keldi! Tezroq dasturxon yozinglar!
Otam bizni körganidan xursand edi. Birozdan söng bir qölida dasturxon, bir qölida patnos tutganiça yoşgina ayol hoynahoy uy xizmatçisi bölsa kerak, yonimizga kelib, xontaxta ustiga dasturxon yozdi, çoy qöyib bizga uzatdi.
— Uzr, sizni taşvişga qöydik, — dedi dugonam u ayolga.
— Yaxşiman, qizim, soğman, — deya sekingina közlarini yerga tikib gapirdi otam.
Şundan söng hammamiz sukut içida qoldik. Özim katta bir maktabning direktori bölsam-da, şu payt tilimga bir söz kelmasdi. Juda önğaysiz holatga tuşib qoldim. Şuning uçun tezroq ketişga şoşildim. Otamga uy manzilimizni, telefon raqamlarimizni yozib berdim. Nimagadir bu hovlida havo yetişmayotgandek edi. Tezroq bu yerni tark etişni istadim. Köçaga çiqdik.
— Otajon, endi özingiz, albatta, boring! Ukalarim, nevaralaringiz sizni rosayam soğinişgan.
— Qizim, bir pas şoşmay tur, — deya otam şoşa-pişa içkariga yoşiga xos bölmagan çaqqonlik bilan yugurib kirib ketdi. Hovlidan boyagi ayolning norozi ohangda nimalarnidir deb tönğillagani eşitildi.
Birozdan söng otam qöllarida ozgina pul bilan çiqib, uni menga uzatdi-da yoş boladek höngrab yiğlab yubordi.
— Yiğlamang, otajon. Bu yerga sizni köz yoşingizni köraman, deb kelmadim. Yiğlamang. Menga sizning pullaringiz ham, mol-dunyongiz ham kerak emas. Xudoga şukr, hammasi yetarli. Bizga sizning mehringiz kerak, otajon. Undan köra manavini olib qöying, — deya sumkamdan bir dasta pul çiqarib, otamning qöllariga tutqazdim. — Biror kamingizga işlatarsiz.
Otam yelkalari silkinib-silkinib unsiz yiğlardi.
— Otajon, biznikiga boring. Nevaralaringiz bilan taniştiraman. Ular ham bobosini soğingan.
— Mayli, qizim, boraman. Faqat, men noinsof, nomard otangni keçir. Akamga işonib xor böldim, bolam, xor böldim.
Ota-bola zörğa xayrlaşdik. Yölda ketayapmanu yuragimning bir parçasi şu yerda qolayotgandek. Ortimga qayrildim. Darvoza oldida boyagi ayol qölini beliga tirab olganiça otamga baqirardi:
— Ha, bergan pulimni mensimadimi? Kam ekanmi? Nimaga kelibdi özi gadoyvaççalar?
— Unday demang, kennoyi! Pul kerakmi sizga, oling, mana! — deya otam beçora unga men bergan pullarni tutqazdi.
U bölsa pullarni otamning ustidan soçib, masxara qilib, darvozani qarsillatib yopib qöydi
Bu holatni körib çiday olmadim. Yugurib otamning yoniga bormoqçi böldim. Sojida meni uşlab qolib dedi.
— Ularning nizolariga aralaşmang. Birozdan söng ular kelişib olişadi. Otangiz esa baribir orqangizdan siznikiga yetib boradi. Hozir ularni yolğiz qöyganingiz mahqul. Aka-uka örtasiga sovuqçilik tuşirmang.
Otam yerga çökka tuşganiça muşti bilan yerni urib-urib yiğlardi.
Ortimga qaray-qaray közlarimda yoş bilan uyga qaytdim. Otamning ğaribgina holati köz öngimdan sirayam ketmasdi.
Oradan ön kunça vaqt ötgaç, darvozamiz ketma-ket taqillab qoldi. Darhol darvozani oçdim. Ostonada törttagina non kötarib olgan otam siniqqina iljayib turardi. Közlarimga işonmadim. Otamni bunçalar tez yetib keladi, deb öylamovdim ham.
— Kelişingizni bilardim, otajon! — deya mehmonxonaga boşladim.
— Unday demang, otajon. Axir bu ham sizning uyingiz. Buvimning hovlisini sotib, şu yerga köçib kelgandik. Siz ötira turing, men hozir nabiralaringizni boşlab kelaman, — deya oşxona tomonga ötdim.
— Bolalar, çiqinglar, bobongiz keldi!
— Ur-re, bobom kelibdi, — deya farzandlarim mehmonxonaga qarab yugurişdi.
Otam kelib, uyimiz nurga tölgandek böldi. Ayajonimning ham ruhlari şod bölgandir. Öşa kundan söng otam Toşkentga qaytib bormadi. Biz bilan yaşab qoldi. Şu örinda quyidagi satrlar xayolimdan ötdi:
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi