Afsonaviy braziliyalik futbolçi Pelening hisoblaşiça Braziliya terma jamoasining Amerika Kubogini muddatidan avval tark etişi Selesao sobiq boş murabbiyi Dunganing aybi emas.

Braziliya terma jamoasi Kopa Amerikaning guruh bosqiçidayoq Perudan uçralgan mağlubiyatdan keyin öz iştirokini töxtatdi. Bungaça jamoa Ekvador bilan durang öynab, Gaitini yenggan va 4 oçko jamğargandi. Bu esa pley-off uçun yetarli bölmadi. Braziliyaliklar oxirgi marta 1987 yili turnirning guruh bosqiçidan öta olmagandi.

«Men Dungaga qarata bildirilayotgan tanqidlar adolatli deb ayta olmayman. U öz işini yomon bajarmagandi. 

Afsuski, Braziliya terma jamoasida turnir arafasida maşğulotlar ötkaziş uçun yetarli vaqt bölmadi, tarkib yiğilmadi, hozir Selesaoda avlodlar almaşuvi. Barça köppaklarni murabbiyga qarata yöllaş töğri emas», – degan Pele.

Dunga öz murabbiylik faoliyati davomida Braziliya terma jamoasiga ikki marta boş murabbiy etib tayinlandi. 2006-2010 yillarda Braziliya terma jamoasi 52 yoşli uşbu mutaxassis Kopa Amerika-2007 va Konfederatsiyalar Kubogi-2009 turnirlarida ğolib böldi. Terma jamoa boşqaruviga 2014 yili ikkinçi marta kelgan Dunga sovrin ola olmadi va  va iste'foga çiqarildi.

Manba: Tribuna.Uz