Soçlarimiz doimiy tarzda yoğlanib turişiga asosan terining yoğ bezlari sababçi böladi. Bir sutkada ular 20 kilogrammgaça teri yoğini ajratib çiqaradi. U soçlarga qöşilib, ularni qurib qolişdan asraydi.

 

Yodda saqlaş zarur bölgan ikki asosiy narsa:

Teri yoği — bizni hunuk körsatuvçi tabiatning ğayrioddiy injiqligi emas. U soçlarning mörtlaşişi va haddan ortiq qurib ketiş xavfini bartaraf etiş uçun zarur.

Yoğ bezlarining faoliyati şaxsning yoşi, salomatligi, jismoniy holati, genetikasi va yana boşqa omillarga köra uning individual xususiyati sanaladi.

 

Soçni qaçon yuviş zarur

Kaiser Permanente firmasining mutaxassis-dermatologi Paradi Mirmirani bu savolga barça insonlar uçun birlamçi yeçim mavjud emasligini qayd etadi. Biroq barça uçun tegişli bölgan bir haqiqat mavjud. 

 

Heç kim soçlarini har kuni yuvişi kerak emas!

Soçni har kuni yuviş foydadan köra köproq zarar keltirişi mumkin, deya qayd etadi Boston tibbiyot markazining soç klinikasi direktori Linn Goldberg (Lynne Goldberg). Ajablanarlisi şundaki, kimki soçini tez-tez yuvişga harakat qilsa, oxir-oqibat teri bezlari köproq yoğ işlab çiqariş muammosiga duç keladi. Organizm bunday kutilmagan aralaşuvlarga çiday olmaydi va zararlarni yöqotişga harakat qiladi. 

 

Yuqoridagi savolga javob berişda e'tiborga oliş zarur bölgan uçta omil:

Teri turi. Agar sizning teri va soçingiz normal holatda bölsa (öta yoğli ham, quruq ham emas), boşni haftada bir yoki ikki marta yuviş kerak. Agar soç yoğli turga mansub bölsa, u holda ozgina köproq yuviş kerak böladi.

Soç töqimasi. Bu omil teri bezlari ildizdan soç uzunligiga qadar qanday tarqalişiga ta'sir körsatadi. Qattiq yoki jingalak soç sohiblarida bu jarayon sekin amalga oşadi, şu sababli bunday soçlarni haftasiga bir marta yuviş mumkin. Boşqa tomondan, ingiçka tekis soçli insonlar haftasiga uç marta va undan ortiq yuvişlari kerak böladi.