Odatda yilning bu davrida Antalya yaqinidagi Kemerdagi 4 yulduzli Garden Resort Bergamot mehmonxonasi 70 foizga töla bölar edi. Biroq bu yerdagi 233 ta xonadan bor-yöği 25 tasida sayyohlar joylaşgan.
"Biz xodimlarimiz sonini 80 nafardan 50 nafargaça kamaytirdik, narx-navo ham 30 foizga pasaydi. Agar keyingi yilda ham şunday davom etsa, unda biz yopilişimizga töğri keladi", deb aytdi mehmonxona egasi Suxa Sen.
Basseyn oldida quyoşda toblanayotgan bir neça nafar mehmonlar omadlari çopganidan mamnunlar.
"Biz ikki kişiga bir haftaga, "hammasi içida" paketiga 500 funt sterlingdan (715 dollar) sal köproq töladik. Hozirda eng arzon turlar Turkiyaga bölmoqda, biz buni kutmagandik, biroq odamlar bu yerga kelişga qörqmoqdalar", deb aytdi Şimoliy Uelsdan kelgan Dayyen Roberts.
Xuddi şunday manzara Antalya va mamlakatning boşqa yerlarida ham kuzatilmoqda: Turkiyaning sayyohlik sektorida inqiroz hukm surmoqda. 2014 yilda 37 mln mehmonni kutib olgan va dunyoning eng ommaviy sayyohlik yönalişlari böyiça 6-örinni egallagan Turkiya dastlabki ma'lumotlarga köra, bu yili umumiy sayyohlik oqimining kamida 40 foizini yöqotadi.







