UYeFA Xorvatiya futbol ittifoqiga qarşi intizomiy iş oçdi. Bu haqda taşkilot rasmiy saytida xabar berilgan.
Xorvatiya terma jamoasi muxlislari 17 iyun oqşomida Çexiyaga qarşi Sent-Etenda keçgan bahs yakunida pirotexnikadan foydalanib, maydonga fayyer va petardalar irğitişgan, şuningdek, tribunada tartibsizlik kelib çiqqandi. Şuningdek, ular tomonidan irqçilik harakatlari amalga oşirildi. Natijada öyin boş hakami Klattenburg öyinni töxtatib turişga qaror qilgandi.
Bu iş 20 iyun kuni körib çiqiadi.
Eslatib ötamiz, UYeFA Marseldagi stadionda Rossiya – Angliya uçraşuvidan keyin rossiyalik işqibozlar inglizlar tribunasiga bostirib kirgani yuzasidan iş oçgan va 14 iyun kuni Rossiya futbol ittifoqiga 150 ming yevro miqdorida jarima qöllab terma jamoani şartli ravişda turnirdan çetlatgandi.
UYeFA ijroiy qömitasi bu ikki terma jamoa muxlislari iştirokida takroran töqnaşuv sodir bölsa, ikki terma jamoani ham turnirdan çetlatişi bilan tahdid qilgan.
Manba: Tribuna.UZ







