Gretsiyaning Lesbos orolidagi qoçqinlar lageriga taşrif buyurgan BMT boş kotibi Pan Gi Munning ma'lum qilişiça, har oy Örta Yer dengizida Yevropaga yetib oliş maqsadida bölgan qariyb 450ga yaqin qoçqin va muhojirlar halok bölmoqda. Uning çiqişidan köçirmalar Butunjahon organizatsiyasining matbuot xizmatida keltirilgan.
"Har kuni minglab oilalar öz uyini tark etadi. Har oy 450 kişi Örta Yer dengizida halok bölmoqda. Bu qit'alararo uçuvçi ikkita yölovçi samolyotidagi insonlar soni bilan tengdir", - deya ta'kidladi BMT ma'muriyati rahbariyati jurnalistlarga.
Afinaning Lesbos oroliga taşrif buyurişdan avval Pan Gi Mun Gretsiya boş vaziri Aleksis Tsipras bilan uçraşib, mamlakat nomiga qoçqin va muhojirlarga körsatayotgan kömagi uçun maqtov sözlari bildirib ötdi.
"Özining iqtisodiy qiyinçiliklariga qaramay, Gretsiya insonlar hayotini saqlab qolib, oliyjanoblik körsatmoqda ", - deya qayd etdi Pan Gi Mun.
Uning sözlariga köra, bolqon mamlakati xalqaro hamjamiyat tomonidan keng kölamda qöllab-quvvatlaşga muhtojdir.
"Iqtisodiy muammolar Gretsiya bu muammoni bir özi hal qilişiga yöl qöymasligi mumkin", - qöşimça qildi u.
"Şuningdek, biz çegaralar yopiqligi, devorlar örnatiş va murosasizlikka birgalikda qarşi turişimiz kerak", - deya qayd etdi Pan Gi Mun Yevropa mamlakatlarini muhojirlarga nisbatan inson huquqlari va gumanitar munosabatlarni hurmat qilişga çorlab.
Uning sözlariga köra, muhojirlarni hibsga oliş xulosasi mutloqo notöğri işdir.
"Bunga zudlik bilan çek qöyiş kerak ", - deya qayd etdi u.







