Fransiya huquq-tartibot organlari xodimlari 18 iyun kuni Marseldagi "Velodrom" stadionida bölib ötgan Vengriya-Islandiya uçraşuvdan keyin vengriyalik muxlislardan 6 nafarini qölga olgan. Bu haqda şahar prefekturasiga asoslanib, mahalliy naşrlar xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinişiça, bu muxlislar maydon atrofidagi tösiqlardan oşib ötişga harakat qilgan va maydonga yoqilgan fayyerlar otişgan.
Vengriya va Islandiya örtasidagi uçraşuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Uçraşuv arafasida ham vengriyalik muxlislar stadion xodimlariga hujum uyuştirişgandi.
Biroz oldinroq, UYeFA Portugaliya va Belgiya qatori Vengriya futbol federatsiyasiga qarşi muxlislarning xatti-harakatlari yuzasidan intizomiy iş oçgandi.







