17 iyun kuni Kanadaning Calgary Herald naşrida jurnalist Jon Gilkristning Kalgari şahridagi birinçi özbek restorani va undagi taomlar haqida qiziqarli maqolasi çop etildi.

"Begim" nomli restorandagi taomlarning nomlanişi ajoyib - "Tok oşi", "Çuçvara", "Funçosa", "Marjimak2 va "Açiçuk" - bu nomlar kalgariliklar uçun notaniş. Buning boisi biz heç qaçon özbek restoranini körmaganligimizda", - deb boşlanadi maqola.

"Agar siz Kalgaridagi taxminan 20taça özbek oilasi bilan birga tuşlik qiliş baxtiga ega bölmagan yoki Özbekistonga bormagan bölsangiz, u holda siz "Çalop" va "Holvaytar" haqida heç nimani bilmasangiz kerak", deb davom etadi muallif. 

Şuningdek, özbek oşxonasining öziga xosligi, uning Markaziy Osiyo taomlar kolleksiyasi ekanligi hamda atrof-muhitdagi xitoy, hind, fors va Yaqin Şarq madaniyatlarining ta'siri taomlarda ham öz aksini topganligi ta'kidlangan.  

Muallif Samarqand va Toşkentning Ipak yölidagi savdo yönalişlarida maşhur şaharlar ekanini yodga olib, özbek milliy taomlariga alohida töxtalib ötgan.

Özbek oşxonasining faxri bölgan palov, kabob va somsalar haqida ham söz yuritilgan.

Maqolada özbekistonlik Madjonovlar oilasining bir neça yillar avval Kanadaga borgani va u yerda öz taomlariga yoğilgan maqtovlar natijasida şaxsiy restoran oçişga qaror qilişgani ta'kidlangan.

"Oila a'zolarining har biri oşxonada öz hissasini qöşadi - Komil ota kabob va palovni qoyillatadi, uning ayoli Mastura suyuq taomlar va şirinliklarni tayyorlaydi, ularning qizi Nigora desertlarni ijod qiladi, Nodir esa salatlarni hozirlaydi. Bu ularning birinçi restorani, ular kalgariliklarning özbek oşxonasiga şunçalik qiziqib qolganidan hayratga tuşişdi", - deydi muallif. 

U özbek oşxonasidagi öziga xos nozik jihatlarga ham ahamiyat berganiligi körinib turibdi. Ziravorlar haqida alohida söz yuritilgan va kaboblar mol, qöy va tovuq göştidan tayyorlanişiga e'tibor qaratgan. "Begim" restoranida çöçqa göşti va spirtli içimliklar yöq, çunki Madjonovlar musulmon oila bölib, ular faqat halol göşt işlatişadi", deyilgan maqolada. 

Muallif özining rus döstlariga bu restoran haqida aytganligi va bundan ularning xursandçiligi çeksiz bölgani hamda döstlari "özbek taomlari Markaziy Osiyodagi eng yaxşi taomlar" deb hisoblaşlarini alohida ta'kidlagan.