Ariane 5 raketa-taşuvçisi Frantsuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan uçirildi. Bu haqda kosmodrom konserni boşliği Stefan Israel ma'lum qildi. Raketa orbitaga ikkita telekommunikatsion yöldoş – EchoStar XVIII va BRIsat’ni olib çiqişi kerak.
Arianespace rahbari hamkorlar – Fransiya koinot agentligi CNES, Yevropa koinot agentligi ESA va sun'iy yöldoşlar işlab çiqaruvçisi SSL kompaniyasini muvaffaqiyatli parvoz bilan tabrikladi.
Bu tarix davomida Ariane 5 fransuz raketasining 72- va 2016 yildagi 3-parvozi böldi. Bu galdagi raketa oğirligi böyiça rekord darajada böldi, u orbitaga 10,7 tonna yuk olib çiqadi.
Jonli efirda namoyiş qilingan raketa starti ob-havo şaroiti tufayli bir neça marta qoldirildi.







