«Real» hujumçisi, Portugaliya terma jamoasi sardori Kriştianu Ronalduning agenti Jorjye Mendeş öz mijozining şaxsiy fazilatlari haqida fikr bildirib ötdi.
«Agar dunyodagi eng yaxşi inson uçun mukofot ta'sis etilgan bölganida, uni Ronaldu olgan bölardi. U ajoyib ota va haqiqiy döst.
Ronaldu – bizning zamonamiz, jamiyat va yoşlar uçun eng yaxşi namuna va bu faqatgina futbolçi sifatida emas, insoniy fazilatlari evaziga ham.
U maydonda ham, maydon taşqarisida ham eng zöri.
Ronaldu – dunyo tarixidagi eng zör sportçi», – deya Mendeşning sözlarini keltiradi Marca.
Eslatib ötamiz, Yevro-2016 doirasidagi Portugaliya – Islandiya (1:1) uçraşuvidan keyin bir qança islandiyalik futbolçilar Ronalduning özini tutişi borasidagi harakatlarini tanqid qilib ötişgandi.
Manba: Tribuna.uz







