«Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Qonunning 1998 yildagi yangi tahririning 5-moddasida: «Davlat diniy konfessiyalar örtasidagi tinçlik va totuvlikni qöllab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boşqasiga kiritişga qaratilgan xatti-harakat (prozeletizm), şuningdek, boşqa har qanday missionerlik harakati man etiladi», deyilgan. Demak, diniy konfessiyalar örtasida turli xil noxuşliklarni keltirib çiqarmaslik, bir din vakili tomonidan boşqa dinlarni kamsitilişini oldini oliş maqsadida hukumatimiz tomonidan missionerlik faoliyati bilan şuğullaniş taqiqlab qöyilgan. Hozirda respublikamizda faoliyat körsatayotgan turli xil taşkilotlar niqobi ostida iş olib borayotgan missionerlarning maqsadi nima? Sirtdan qöy oğzidan çöp olmaydigan bölib köringan bu missionerlar aslida köpni körgan işbilarmon, ilonni yoğini yalagan uddaburonlardir. Ular, avvalo, vaziyatni, kişilarni, amaldorlarni, ularga çiqiş yöllarini yaxşilab  örganadilar. Keyin esa asta-sekin insoniy yordam, tibbiy xizmat, xayru exsonga öxşaş narsalardan gap oçadilar. Kölidan iş keladiganlarga sovğalar ulaşadilar. Asta-sekin u yer-bu yerdan odamlarni töplaş boşlanadi, oddiy suhbat, çoy içiş, videofilm köriş, kiçkinagina sovğa va sovğaga qöşib suhbatdoşning ona tilidagi missionerlikni tarğib qiluvçi kitob berişadi. Qarabsizki, yetti puşti musulmon bölib kelgan bir şaxs missionerlarning qurboniga aylanadi.
Bir payt qaraysizki, özimizdan çiqqan öljalar özimizni buzişga jon-jahdi bilan urinadi. Missionerlar esa bunday xatti-harakatlardan juda ham xursandlar.
Ularning asl maqsadi dinga kiritiş emas, balki musulmonlarni dindan çiqarişdir. Missionerlik faoliyati bilan şuğullanayotgan kişilar umuman tarafdorlarining axloqini yaxşilaş bilan şuğullanmaydilar. Aksinça, ular xulqni buzadigan işlarni yoyişadi. Turli xil öyinlar, «diskotekalar» taşkil qilişadi, restoranlar oçib, tungi köngilxuşliklar uyuştirişadi.
Taassufki, hozirgi kunda diyorimizdagi ayrim hududlarda musulmon farzandlarimizni boşqa dinlarga oğdiriş, ya'ni missionerlik harakatlari uçrab turibdi. Sof aqida nima ekanidan bexabar, xaq bilan nohaqlikni anglab yetmagan ba'zi odamlar öz dinlaridan keçib ketişlari juda açinarlidir. Bu esa jamiyatning boşlanğiç böğini hisoblanmiş oilada har xil nizolar kelib çiqişiga sabab bölmokda. Ularning öz e'tiqodlaridan yuz ögirişlarining birinçi sababi islom aqidasini yaxşi bilmasliklari bölsa, ikkinçisi missionerlar tomonidan turli xil körinişdagi moddiy rağbatlantirişlardir. Ma'lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda Osiyo davlatlarining bir neçtasi va Afrika qit'asining aksar davlatlarida missionerlik harakatlari keng avj olgan.
Sözimning intihosida şuni alohida ta'kidlaşni istardimki, yuqorida aytganimizdek, missionerlarning «ğamxörligi»ga aldanib, ularning tuzoğiga ilingan kimsalar aslida islomiy hayotdan ança yiroq, uning hayotbaxş ta'limotidan bexabar kişilardir. Aks holda, ular ming yillar davomida ota-bobolari asrab-avaylab kelgan muqaddas dinini arzimas narsaga, dunyo matosiga sotmagan, bunday nodonlik va jaholatga yöl qöymagan bölar edilar.