Serbiya va Xitoy davlatlari Xitoy raisi Si Tszinpinning Serbiya prezidenti Tomislav Nikoliçning taklifi bilan Belgradga taşrifining ikkinçi kuni 22 ta davlatlararo kelişuv imzoladi. Boş hujjat strategik hamkorlikni örnatiş haqidagi kelişuv böldi, unga ikki davlat rahbari öz imzosini qöydi, deb xabar bermoqda Serbiyaning RTS telekompaniyasi.
Şuningdek, quriliş, infratuzilma, telekommunikatsiya, savdo, mudofaa, ommaviy axborot vositalari, energetika, sayyohlik sohalarida ham kelişuvlar imzolandi.
Xitoy va Belgrad şuningdek Xitoy hamda Markaziy va Şarqiy Yevropa davlatlari örtasida tadbirkor va infratuzilma sohasida hamkorlik markazi yaratişni közda tutuvçi memorandum imzolaşdi. Ikki davlat madaniyat vazirlari madaniyat va san'at sohasida 2017 yildan 2020 yilgaça hamkorlik qiliş dasturini imzolaşdi.
Xitoy rahbarining aytişiça, uning Serbiyaga taşrifi va kelişuvlarning imzolanişi "ikki davlat örtasidagi munosabatlarni yanada yuqoriroq darajaga qöyadi". U Serbiya Xitoy uçun samimiy döst va işonçli hamkor ekanligini aytdi.
Serbiya prezidenti Si Tszinpinga davlat mukofoti – Serbiya Respublikasi ordeni taqdim qildi. Nikoliç Xitoy raisiga Kosovo mustaqilligining bir tomonlama e'lon qilinişini tan olmagani uçun alohida minnatdorçilik bildirdi. U Serbiya Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik rivojlanişining yangi bosqiçiga tayyorligini tasdiqladi.
Si Tszinpinning Belgradga taşrifining sönggi kuni – 19 iyunda ikki davlat rahbari "Jyelezara Smederevo" metallurik kombinatiga taşrif buyurişadi. Joriy yilning aprelida Serbiya hukumati bu korxonani Xitoy kompaniyasiga sotib yuborgandi.







