Brabus tyuning atelesi «Le-Manning 24 soati» poygasida Mercedes-AMG S 63ning modifikatsiyalangan namunasini namoyiş etdi. «Brabus» vakillari bu maşinani «dunyodagi eng kuçli tört örindiqli kabriolet» deb ataşdi.
Tyunerlar, 5,5 litrli V8 standart biturbomotori hajmini 5,9 litrgaça yetkazişning uddasidan çiqişgan. Xususan, kolenval, turbinalar, kiritiş va çiqariş tizimlari özgartirildi, boşqaruv bloki qayta dasturlaştirildi. Natijada, agregat kuçi 585 ot kuçidan 850 ot kuçiga yetdi.

7 bosqiçli avtomatik uzatmalar qutisi yordamida dvigatel barça ğildiraklari yetakçi bölgan kabrioletni 3,5 soniyada 100 kmga çiqara oladi. Unga elektronika yordamida soatiga 350 km körsatkiçda çeklov örnatilgan. Spidometrda esa, Brabus'ga oid an'anaga köra, 400 kilometr raqamini köriş mumkin.
Kabriolet podveskasi, öz navbatida, 15 mmga pasaytirilgan. Bundan taşqari, Brabus mutaxassislari uning eksterer va intereriga özgartirişlar kiritişgan. Xususan, maşinaning orqa bamperi karbonli elementlarga ega bölgan, saloni ostonasida, pedal ustilarida Brabus tamğasi tuşirilgan.

Şunday qilib, Brabus öz mijozlariga tayyor holatdagi Mercedes-AMG S 63ni xarid qilişni yoki standart S 63 kabrioletini qayta işlaşni taklif etgan bölsa-da, xizmat haqiga oydinlik kiritmagan.
Odatda, oddiy S 63 Germaniyada 187 ming 484 yevrodan boşlansa, yuqoridagi özgarişlar va xizmat haqi bilan uning narxini taxmin qiliş muşkul iş emas.








