BAAdagi Media Siti tumanida joylaşgan Royal Kebab restoranida tekin yegulik ulaşilayotgani haqida e'lon paydo böldi. Unda: “Siz işsiz qolib, uni qidiryapsizmi? Biz buning oson emasligini tuşunamiz. Kunning istalgan vaqtida restoranimizga taşrif buyuring va istalgan taomingizni tekinga oling”, deb yozib qöyilgan. Restoran egalaridan biri Manan Mistrining sözlariga köra, ular yaqindagi quriliş maydonlariga tekin yegulik jönatmasini ham işga tuşirişgan.
Britaniyalik Manan Mistri özining iş hamkori Dillon Daryanani bilan birgalikda 2 yil muqaddam restoran biznesiga asos solişdi. Ungaça Mistri 2 yil işsiz yurgan edi. Şu bois u işsiz yurgan odamlarni yaxşi tuşunişini aytib ötgan.
Avvaliga ular işsizlar oqimi yopirilib kelişidan çöçişdi. Ammo bugunga qadar kelayotgan mehmonlar özlarini juda odobli tutişmoqda. Ular 15 dollar miqdoridagi taomlar bilan bepul ta'minlanişmoqda.
Manan Mistrining aytişiça, restoranda doimo yegulik ortib qoladi. U Dubaydagi boşqa restoranlar ham uşbu aksiyaga qöşilişlariga umid bildirgan.







