Deyvisdagi Kaliforniya universiteti tadqiqotçilari biryöla 1000 yadroga ega KiloCore protsessorini işlab çiqarişdi, ularning har biri minimal darajada energiya sarflab, öz hisoblaş vazifasini bajarişga qodir.

Protsessorning bunday tuzilişi şifrlaş kabi yaxşi parallellaştirilgan hisoblaşga hamda katta ommaviy ilmiy ma'lumotlarni qayta işlaşga yoki videoni siqişga möljallangan.
KiloCore zarurat tuğilganda alohida yadrolarini öçira oliş xususiyatiga ega, bu unga bir soniyada atigi 0,7 vatt sarflab, 115 milliard operatsiyani bajariş imkonini beradi, undagi tizim bir "barmoqli" batareyadan ham işlaşi mumkin.
KiloCore'ning IBM fabrikasida eskirib qolgan 32-nm texjarayon böyiça işlab çiqarilgan tajribali versiyasi, tabiiyki, seriyali işlab çiqarilmaydi. Şu bilan birga çip köp yadroli protsessorlar sohasidagi tadqiqotlarda hamda ularning mobil elektronikada qöllanişida yordam beradi.






